Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Shuhrat Maqsudov: «Durangga mos o‘yin edi»

Shuhrat Maqsudov: «Durangga mos o‘yin edi»

Baho:
+ | -

Superliganing 13-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» - «Bunyodkor» (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Shuhrat Maqsudov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- «Paxtakor»ni g‘alaba bilan tabriklayman! Uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Sababi, raqib O‘zbekiston chempioni. Yigitlar barcha ko‘rsatmalarni to‘liq bajarishdi. Hozir kiyim almashtirish xonasida yigitlarga rahmat dedim. Qayerdadir xato qildik, ayniqsa penaltida, lekin natija bellashuvga mos bo‘lmadi. Nazarimda eng kamida durangga loyiq o‘yin ko‘rsatgandik. Ammo hozir buni gapirishdan foyda yo‘q.

Hamma o‘z imkoniyatidan kelib chiqadi. Davralar oralig‘ida o‘yinchi ololmadik, aksincha ikki nafar futbolchi jamoamizni tark etdi. Bu achinarli hol. Biroq biz qarab o‘tirmadik. Akademiyadan yoshlarni tarkibga jalb qildik. Shu tartibda ishlayapmiz.

Hujumdagi muammolar bo‘yicha kurashyapmiz, biroq kuchimiz yetmayotgan holatlar ham bo‘lyapti. Oddiy misol, klub bilan shartnomasi bor o‘yinchilarimizga bizga ma’lum qilmasdan aloqaga chiqishyapti, katta-katta va’dalar berib chalg‘itishyapti. Bu yaxshi emas.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 22:57, 31.07.2021.
O'qildi: 2995 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик