Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Superliga. «Metallurg» o‘z uyida «Qizilqum»ga yutqazdi

Superliga. «Metallurg» o‘z uyida «Qizilqum»ga yutqazdi

Baho:
+ | -

Bir oylik tanaffusdan keyin davom ettirilgan mamlakat milliy chempionatining 13-turida “Metallurg” Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qildi va alamli mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq maydon egalari hujumga zo‘r berishdi. Tashabbusni to‘liq qo‘lga olgan bekobodliklar birinchi bo‘limda mehmonlarni jarima maydoni ichiga qamab qo‘ydi. Birin ketin xavfli vaziyatlar yaratildi. Biroq mehmonlarning himoya chizig‘i vakillari, birinchi galda darvozabon ishonchli o‘ynadi. Tajribali Nesterov ikki marta jamoasini muqarrar gollardan saqladi. Birinchi Ibrohim Ibragimovning darvozaning yuqori burchagiga yo‘llagan zarbasini maydon tashqarisiga chiqarib yuborgan bo‘lsa, bir safar Shahzodbek G‘ofurbekovning tepgan to‘pi himoyachiga tegib yo‘nalishini o‘zgartirgan bo‘lsa-da, to‘pni ushlab olishga erishdi. Mehmonlar asosan qarshi hujum taktikasiga tayanishdi. Ammo mezbonlar ularga hujumda imkoniyat berishmadi.

Tanaffusdan keyin mehmonlar o‘yinni hujumkor tarzda boshlashdi. Avvaliga jarima zarbasini Aleksandr Lobanov qaytardi. So‘ngra Elguja Grigalashvili tepgan to‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi. Ammo tez orada “Qizilqum” baribir o‘z maqsadiga erishdi. Avvaliga Mate Vatsadse juda chiroyli gol kiritdi. Ikkinchi vaziyatda esa biroz bahsli holat bo‘ldi. Elguja Grigalashvili o‘yindan tashqari holatda turganda to‘p unga uzatilgandi. Yo‘l yo‘lakay to‘p Ismatullayevning boshiga tekkanligi uchun o‘yin davom ettirildi va Grigalashvili hisobdagi farqni oshirdi.

Mezbonlar shundan keyin bosimni keskin oshirishdi va tezda javob golini kiritishdi. Burchakdan to‘p jarima maydoniga uzatilganda Zohid Abdullayev darvozabon va himoyachilarni chalg‘itdi. To‘p esa darvozaning olis burchagiga borib tushdi. Gol “Metallurg” safida debyut uchrashuvini o‘tkazayotgan Ibrohim Ibragimov hisobiga yozildi.

Maydon egalari uchrashuv oxirigacha bosimni oshirdi. Ko‘plab vaziyatlar yaratildi. Biroq hisobni o‘zgartirishga ular muvaffaq bo‘la olishmadi. “Metallurg” hujumkor futbol namoyish etib, yutqazdi.

Coca Cola Superliga. 13-tur
“Metallurg” – “Qizilqum” – 1:2 (0:0)
Hakamlar: Vadim Agishev, Sardor Nishonboyev, Avaz Abdullayev, Komiljon Rasulov.
Nazoratchi: Igor Nexochin.
Komissar: Jamshid Imamov.
Gol: Mate Vatsadze (56), Elguja Grigalashvili (65), Ibrohim Ibragimov (67).
"Metallurg": 12. Aleksandr Lobanov, 6. Xudoyshukur Sattorov, 7. Ruslan Roziyev (10. Shahzodbek Nurmatov, 72), 8. Salamat Quttiboyev, 14. Abror Toshqo‘ziyev, 22. Shahzodbek G‘ofurbekov (90. Abdurahmon Abdulhaqov, 72), 30. Ibrohim Ibragimov, 48. Dilshod Rahmatullayev, 55. Akbar Ismatullayev (s), 80. Farrux Ibrohimov, 98. Damir Temirov (15. Zohid Abdullayev, 61)
"Qizilqum": 1. Ignatiy Nesterov, 6. Erkin Baydullayev, 7. Islom Kenjaboyev, 8. Georgiy Kuxianidze, 10. Mate Vatsadze, 14. Fayzulla Qambarov, 17. Salim Mustafoyev, 18. Jasur Azimov, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 30. Elguja Grigalashvili, 75. Oleg Tolmasov
Zaxira: 22. Artyom Makosin, 4. Mirjalol Qosimov, 9. Behruz Sadilloyev, 19. Jamshid Hasanov, 25. Azizbek Usmonov, 32. Ilhomjon Kenjayev, 44. Humoyun Abdualimov, 71. Timur Nabiyev, 92. Vladislav Aleksin.
Ogohlantirishlar: Farrux Ibrohimov (48), Erkin Boydullayev (58), Akbar Ismatullayev (59), Ibrohim Ibragimov (61), Zohid Abdullayev (63), Islom Kenjaboyev (80).

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 22:06, 01.08.2021.
O'qildi: 2434 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик