Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Flik jamoasiga yangi markaziy himoyachi kerak — ikki nomzod bor

Flik jamoasiga yangi markaziy himoyachi kerak — ikki nomzod bor

Baho:
+ | -

"Barselona" yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar himoya chizig‘ini kuchaytirishi mumkin.

"Ko‘k-anorranglilar" chap oyoqda o‘ynaydigan markaziy himoyachi pozisiyasiga yangi futbolchi olib kelishni rejalashtirmoqda. Jurnalist Jerar Romero ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar "RB Leypsig" himoyachisi Kastello Lyukeba va Lissabonning "Sporting" klubi vakili Gonsalu Inasiuni ustuvor nomzodlar sifatida belgilab olgan. Inasiuga "Barselona" qiziqish bildirayotgani va Lyukeba ham ro‘yxatdan joy olgani boshqa manbalarda ham qayd etilmoqda.

Transfermarkt portali 23 yoshli Lyukebaning bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda. 24 yoshli Inasiuning qiymati esa 40 million yevroni tashkil etadi.

Bugun Xans-Diter Flik shogirdlari La Liganing yangi mavsumidagi ilk uchrashuvini o‘tkazadi. "Barselona"ning raqibi "Elche" bo‘ladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 11:16, 23.08.2026.
O'qildi: 2212 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик