Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Hamidjon Aktamov: «Keyingi turda Andijonga ham g‘alaba uchun boramiz»

Hamidjon Aktamov: «Keyingi turda Andijonga ham g‘alaba uchun boramiz»

Baho:
+ | -

Superliganing 13-turidan o‘rin olgan «Metallurg» va «Qizilqum» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida dastlab jurnalistlarning savollariga mehmonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov javob qaytardi.

— Har doim tannaffusdan keyin mana shunday og‘ir o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Bugun ikkala jamoa ham qiynalishdi. Qo‘pol o‘yin guvohi bo‘ldik, shunday bo‘lsada g‘alaba qozondik. Ushbu g‘alaba bilan jamoamiz muxlislarini tabriklayman. «Metallurg» jamoasining keyingi uchrashuvlarida omad tilab qolaman.

— «Metallurg» jamoasidan qanday o‘yin kutgandingiz?
— Avvalgi uchrashuvda mag‘lub bo‘lgandan keyin, «Metallurg» jamoasidan boshqacha o‘yin kutgandim. Uchrashuvda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi va vaziyatlar yarata oldi.

— Boshlang‘ich tarkibda mezbonlar hujumchisiz boshlagani sizni ajablantirmadimi?
— Ajablanganim yuq, sababi biz ham bunday ko‘rinishda ko‘p o‘ynaganmiz.

— Oybek Qilichevni jamoada olib qolishning iloji bormidi?
— Uning ham o‘z xohishi bor. Maydonda o‘zining xohishi bilan harakat qiladi. Demak, bizdan ham yaxshiroq taklif bo‘ldi va u jamoadan ketdi.

— Keyingi turdagi raqibingiz «Andijon» jamoasi haqida nima deya olasiz?
— Yaxshi jamoa shakllangan. Lekin u yerga ham g‘alaba uchun boramiz.

Manba: fcqizilqum.uz
Kiritildi: 22:56, 01.08.2021.
O'qildi: 1843 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.