«Chelsi» «Inter» hujumchisi Romelu Lukakuni qo‘lga kiritish uchun yana bir urinib ko'radi. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» Lukaku uchun himoyachi Markos Alonso va 100 million yevro taklif qilgan. Biroq «Inter» bunga qat’iy rad javobini berdi.
Qolaversa, Romelu Lukakuning o‘zi ham «Inter» dan ketmoqchi emas. Belgiyalik futbolchi milanliklar bilan sovrinlar uchun kurashni davom ettirish niyatida.