Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Qahramon Aslanov: «Shoshilmay turinglar, Messi «Barselona»da qolishi mumkin»

Qahramon Aslanov: «Shoshilmay turinglar, Messi «Barselona»da qolishi mumkin»

Baho:
+ | -

Messining «Barselona»ni tark etishi haqida hatto rasmiy xabar ham chiqib ulgurgan bo‘lsa-da, shoshilmay turinglar, futbolchi baribir "Barselona"da qolishi mumkinligini nazardan qochirmagan bo‘lardim.

Aslida, Messining klub bilan shartnomasi bir oy oldin tugagan va u allaqachon «Barselona» o‘yinchisi emas. Yangi shartnoma tuzilishiga esa, klubning iqtisodiy ahvoli imkon bermayotgandi. Buning ustiga Superliga mashmashasi tufayli, klub bilan ters bo‘lib qolgan La Liga «feyr pley» talablarini ro‘kach qilib, bosim o‘tkazayotgandi.

Bu rasmiy xabar, ya’ni «iqtisodiy vaziyat tufayli Messi bilan shartnoma imzolanmayotgani» qaysidir ma’noda klubning La Ligaga (yo Messining o‘ziga) javobi  bo‘lishi mumkin. Bizni tinch qo‘yinglar, aks holda, Liga bir javohiridan ayriladi, bu ham turnir prestijiga zarba, degan ma’noda. Nega bo‘lmasin? Messi shunaqa o‘yinchiki, o‘tgan yoz "Barsa" prezidentini, bunisida La Liga rahbarini iste’foga chiqarishi mumkin...

Axir Messining ketishi, uning qayergadir borishi degani, agar futbolchi o‘ziga klub topganida, allaqachon isi chiqardi. Ya’ni, Messi bilan yangi shartnoma tuzilmayotgani va uning ketayotgani haqidagi xabar — ayni paytda xabardan boshqa narsa emasdek, nazarimda.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 07:45, 06.08.2021.
O'qildi: 7038 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик