Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

«U ayol ekanini isbotlasin». Tokio Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan namibiyalik sportchining ishtiroki mojaroga sabab bo‘ldi

«U ayol ekanini isbotlasin». Tokio Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan namibiyalik sportchining ishtiroki mojaroga sabab bo‘ldi

Baho:
+ | -

Tokio Olimpiadasida mojaro sodir bo‘ldi. Yengil atletika bo‘yicha kumush medalini qo‘lga kiritgan namibiyalik sportchi qizning jinsi borasida shubhalar paydo bo‘lmoqda, deya yozadi «RBK Sport».

18 yoshli Kristin Mboma Tokio Olimpiadasida o‘ziga xos natijani ko‘rsatdi. U ayollar o‘rtasida 200 metrga yugurish bahslarida kumush medalni qo‘lga kiritish barobarida yoshlar o‘rtasidagi jahon rekordini ham yangiladi (21,81 soniya). Biroq Kristinda jinsiy rivojlanish buzilgan. Uning organizmida xromosomalar kombinasiyasi noodatiy bo‘lib, testosteron darajasi erkaklarnikiga xos va ayollarnikidan bir necha barobarga ko‘p. Ushbu hodisa tibbiyotda XY DSD deb ataladi.

Qayd etish joiz, ushbu holat Xalqaro yengil atletika federasiyalari assosiasiyasi uchun yangilik hisoblanmaydi va Kristinga o‘xshagan sportchilarga 400, 800 va 1500 metrgacha bo‘lgan masofalarda ayollar bilan raqobatlashish taqiqlangan.

Ushbu taqiqning qo‘llanilishiga janubiy afrikalik sprinter Kaster Semenya tufayli 2019 yilda o‘tkazilgan tadqiqot sabab bo‘lgandi. O‘shanda komissiya qaroriga ko‘ra, shunga o‘xshash xususiyatlarga ega sportchilar maxsus terapiyadan o‘tib, testosteron darajasini pasaytirsagina, 400 dan 1500 metrgacha bo‘lgan masofalarda ishtirok etishi mumkin. Kichik masofalarda (100 va 200 metr) esa bunday taqiq yo‘q.

Taqiqdan oldin Mboma ham 400 dan 1500 metrgacha bo‘lgan masofalarda chiqish qilardi, uning 200 metrga o‘tganiga 6 oy bo‘lgan.

Mboma bilan raqobatlashgan sportchilar esa tashkilotchilardan «u ayol ekanligini isbotlasin» deb talab qilmoqda.

«Ayollarni XY DSD xususiyatlariga ko‘ra ajratish aparteid bilan bir xildir. Ya’ni, insoniyatga qarshi jinoyat. Xalqaro yengil atletika federasiyasi ayollarning haq-huquqlarini buzmoqda va ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazmoqda», — deydi Kamerunning BMTdagi vakili Damiyen Jorj Avumu.

TASS nashriga ko‘ra, namibiyalik Kristin Mboma ishtirok etgan 200 metr masofada ayollar o‘rtasidagi musobaqa natijalari adolatli deb topilgan. Bu haqda jurnalistlarga Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rasmiy vakili Mark Adams ma’lum qilgan.

«Bu adolatli raqobat. Ha, bizda ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan, lekin har bir sport turi bo‘yicha intizom qoidalari xalqaro federasiyalar tomonidan alohida ishlab chiqiladi», — deydi u.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:45, 06.08.2021.
O'qildi: 14400 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик