Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Messi 18 yil ichida «Barselona»da nimalar qildi

Messi 18 yil ichida «Barselona»da nimalar qildi

Baho:
+ | -

"Barselona" va Messi. Tarixdagi eng buyuk futbolchilardan biri bunday yo‘ldan ketishini tasavvur qilish qiyin edi. Ammo hech narsa abadiy emas. Keling, uning klub tarixidagi eng yorqin daqiqalarini esga olamiz. Messining barcha yutuqlarini sanab o‘tish nihoyatda qiyin bo‘ladi, shuning uchun uning «Barselona» va butun dunyo futbolining rivojlanishiga ta’sir qilgan eng muhim yutuqlarini ajratib ko‘rsatamiz.

17 yil ichida Ispaniya chempionatida o‘nta g‘alaba

«Barselona» tarkibida Messi Ispaniyaning o‘n karra chempioniga aylandi. 121 yil davomida kataloniyaliklar 26 marta La Ligada g‘olib bo‘lishdi. Ulardan o‘ntasi oxirgi 17 yilga to‘g‘ri keldi, bunda argentinalik yulduzning ta’siri juda katta edi. «Barselona» o‘z vaqtida yosh Messi uchun barcha sharoitlarni yaratib, uni o‘z akademiyasiga har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va salomatligi bilan bog‘liq  muammolarni hal qilish uchun qabul qildi. Messi klubga har ikki yilda bir marta chempionlik unvonini taqdim etib, klub qilgan barcha yaxshiliklarga munosib javob qaytargan.

Bir yil ichida oltita turnirda g‘olib bo‘lish

2008-09 yilgi mavsum boshlanishidan oldin Lionel Messi o‘zining eski 19 raqamini yangisiga o‘zgartirdi 10 raqamini, Italiyaning «Milan»iga ko‘chib o‘tgan braziliyalik Ronaldinyodan oldi. Natijada, 2009 yil «Barselona» uchun omadli yil bo‘ldi. Ular o‘zlari ishtirok etgan oltita turnirda g‘olib chiqishdi. (Ispaniya chempionati, Ispaniya kubogi, Ispaniya superkubogi, Chempionlar ligasi, UYEFA Superkubogi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati). Bunday natijani «Bavariya» 2020 yilda takrorlay oldi.

Oltin xet-trik ikki marta qo‘lga kiritilgan

2008-09 va 2014-15 yillar mavsumi «Barselona» Ispaniya chempionatida, kubogida va Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi, bu oltin xet-trik deb ataladi. Hozircha faqat «Bavariya» ushbu natijani takrorlay oldi. «Barselona» va Messi bunday natijaga birinchi erishganlar sifatida tarixga kirgan.

6 ta "Oltin to‘p" va "oltin butsa"

Lionel Messi olti marotaba «Oltin to‘p» ni (2009, 2010, 2011, 2012, 2015, 2019) olgan dunyodagi yagona futbolchi. Tarixda hech qaysi klub futbolchisi bu kabi natijaga erishmagan. Shu bilan birga, 2009 yilda argentinalik futbolchi Oltin to‘p olgan eng yosh futbolchi maqomiga ham ega bo‘lgan. Xuddi shu mavsumlarda Messi boshqa futbolchilarga qaraganda ko‘p gol urib oltin butsalarni ham qo‘lga kiritgan.

«Barselona» tarixidagi eng yaxshi to‘purar va rekordchi (778 o‘yinda 672 gol)

2007-08 yilgi mavsumdan beri Messi La Ligada bir mavsumda 30 dan kam o‘yin o‘tkazmagan va «Barselona» ning mavsumdagi o‘yinlarining umumiy soni 50 dan, hatto 60 dan oshgan yillar ham bo‘lgan. Klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar sifatida Lionel Ispaniya superkubogi (14 gol), Yevropa superkubogi (3 gol), El-Klassiko (26 gol), Kataloniya derbisida (25 gol) kiritishga erishdi. 2012 yil Messi uchun aql bovar qilmas yil bo‘ldi, u raqiblar darvozasini 91 marta aniq nishonga olishga muvaffaq bo‘ldi.

Messi o‘zining ko‘plab rekordlarini boshqalarga qaraganda ancha yosh davrida qayt etdi. Masalan, u Chempionlar ligasida birinchi bo‘lib 100 gol urgan (28 yosh 84 kun) va Ispaniya chempionati tarixida 200 ta gol (25 yosh 217 kun) urgan eng yosh o‘yinchi sifatida tan olingan. Shu bilan birga, Messi yaqinda Amerika kubogini qo‘lga kiritgan terma jamoa tarkibida ko‘plab rekordlar o‘rnatdi. Lionel Messining «Barselona»dagi sanab o‘tgan yutuqlarimiz bu okeanning bir tomchisi edi. Argentinalikning barcha yutuqlarini uzoq vaqt sanab o‘tish mumkin. Aytish mumkinki, futbol tarixidagi eng buyuk futbolchiga faqat Jahon chempionatidagi g‘alaba yetishmayapti. Kelasi yili Messi bu unvonni qo‘lga kiritish uchun faoliyatidagi so‘nggi imkoniyatlardan biriga ega bo‘ladi.  Ammo endi «Barselona» o‘yinchisi sifatida emas ...

Ruslan Maksimov tayyorladi.

Kiritildi: 21:29, 07.08.2021.
O'qildi: 6557 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.