Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Igor Shkvirin: «Gollarda darvozabonni ayblamayman»

Igor Shkvirin: «Gollarda darvozabonni ayblamayman»

Baho:
+ | -

“Qo‘qon-1912” – “Turon” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida yaypanliklar ustozi Igor Shkvirin qatnashdi.

"Bugun jangovor o‘yin bo‘lishini bilardik. Chunki Qo‘qon derbisi bo‘ldi. Futbolchilarim maydonda borini berib o‘ynadi. Shu tomonlama ularga e’tirozim yo‘q. Natijaga keladigan bo‘lsak, 2:1 hisobida g‘alaba qozonayotganimizda 8 daqiqa qolgandi. Shuning uchun hisobni ushlab qola olmaganimizdan biroz xafamiz. Pastdagi pog‘onalarda turgan jamoalarda raqobat yaxshi. Chunki har bir uchrashuvda ochko olinyapti.

Natijadan qoniqmadim demoqchi emasman. Chunki har bir ochko oltinga teng. Bugungi o‘yinda qo‘qonliklarda ham imkoniyatlar bo‘ldi. Biz o‘zimizga qiyinchilik tug‘diryapmiz. Abdurashidovga bir oydan beri o‘yin qoidasini buzma, deb ta’kidlab kelyapmiz. Yana qoida buzdi, jarima to‘pidan gol o‘tkazdik.

Darvozabonlarga kelsak, xatolar bo‘ldi. Lekin bizni goldan qutqarib qolgan vaziyatlar ham bo‘ldi. Xatolar ustida ishlashyapti. Gollarda darvozabonni ayblamayman", — dedi Shkvirin.



Baxtiyor Ashurmatov: "Bizga g‘alaba kerak edi"

“Qo‘qon-1912” – “Turon” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida , Qo‘qonliklar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

- Ochig‘i, oxirgi paytlardagi muvaffaqiyatsiz o‘yinlarimizdan keyin bugun uyimizda o‘ynaydigan uslubimizdan voz kechishga qaror qildik. Raqib safida Bilolxon Toshmirzayev, Sunnat Abdullajonov kabi tezkor futbolchilar borligini inobatga olib, qarshi hujumlarga tushib qolmasligimiz uchun biz ham ikkinchi raqamda to‘p surishga qaror qildik.

Hujumda Norbekov va Hasanov singari tezkor futbolchilarimizning tezligidan foydalanishga harakat qildik. Sabr qilishimiz kerakligini va gol bo‘lgach, o‘yin osonroq o‘tishini ta’kidlagandim. Kutgan vaziyatimiz bo‘ldi va biz birinchi bo‘lib gol urdik. Ammo futbol xatolardan iboratki, hatto mayda xatolarni ham raqib kechirmasligi mumkin. Gol urganimizdan keyin himoya va yarim himoyani kuchaytirishga harakat qilib turgandik. Afsuski, tezkor gol o‘tkazib yubordik.

Xudoga shukr, yutqazib turgan paytimizda yana javob golini urib durangga erishdik. Bizga g‘alaba kerak edi. Ammo oxirgi uchrashuvlardagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin bugungi durang yomon emas. Agar yana yutqazganimizda jamoa tushkunlikka tushib qolishi mumkin edi. Futbolchilarga oxirigacha kurashishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Har bir o‘yinda mana shunday kurashishsa, ochkolarni qo‘lga kirita olamiz. “Turon” jamoasiga ham omad tilayman. Qo‘shni jamoalarning natijalariga befarq emasman. Durang adolatli natija bo‘ldi. Ikkala jamoa ham oxirigacha kurashdi.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 05:45, 09.08.2021.
O'qildi: 1620 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.