Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio 1-1 Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano 2-1 Selta
11/01 18:00 Alaves 0-1 Jirona
11/01 19:00 Empoli 1-3 Lechche
11/01 19:00 Udineze 0-0 Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid - Betis
11/01 22:00 Torino - Yuventus
11/01 22:30 Espanyol - Leganes
12/01 00:45 Milan - Kalyari
12/01 01:00 Sevilya - Valensiya
12/01 16:30 Jenoa - Parma
12/01 18:00 Las-Palmas - Xetafe
12/01 19:00 Venetsiya - Inter
12/01 20:15 Atletiko - Osasuna
12/01 22:00 Bolonya - Roma

Tarixdagi ashaddiy raqiblar orasida transfer qilingan futbolchilar

Tarixdagi ashaddiy raqiblar orasida transfer qilingan futbolchilar

Baho:
+ | -

Futbol olamida ashaddiy raqib sifatida ko‘riladigan ko‘plab klublar borligi barchaga ma’lum. Yana shunday futbolchilar ham borki, ular ana shu klublar orasida transfer qilingan. Quyida prinspial raqiblar orasida savdo qilingan futbolchilarni bir nechtasi haqida bilib olasiz.

Tevez («MYU»dan «Manchester Siti»ga)

«Media Sports Investment Company» agentligi qaramog‘ida bo‘lgan argentinalik futbolchi «Manchester Yunayted»da ijara asosida ikki yil to‘p suradi va u bilan klub doimiy shartnoma imzolaydi. «Qizil iblislar» tarkibidagi hayratomus o‘yinlaridan so‘ng Tevez ko‘plab klublar singari «Man Siti»ni ham e’tiboriga tushadi. Natijada, futbolchi mumaygina mablag‘ evaziga 2009 yilda «shaharliklar» safiga borib qo‘shiladi. Moviyrang ramz egalari stadionining Salford deb atalmish tomoniga Tevezga atab yirik rasm o‘rnatiladi. U yerga «Manchesterga xush kelibsan» degan yozuvlar bor edi. O‘sha payt «MYU» ustozi Fergyusson ushbu posterga «ahmoqona» deb ta’rif berib, «Man Siti»ni «kichkina mentalitetga ega bo‘lgan, mitti klub» atagan edi.

Kampbell («Tottenxem»dan «Arsenal»ga)

Hozirgi Harri Keyn bilan bog‘liq vaziyat bir paytlar ham sodir bo‘lgan. Bu narsa shimoliy London jamoalari o‘rtasida ro‘y bergandi. 2001 yilda Sol Kempbellning «shporlar» bilan shartnomasi yakunlanadi. Shuning uchun ingliz afsonasi o‘zi uchun munosib klub qidirishga tushadi. Hujumchi Chempionlar ligasida qatnashishni istayotganini bildirib, klubining azaliy raqibi «Arsenal» safiga qo‘shilishga qaror qiladi. «Tottenxem» muxlislari bu narsani juda katta xiyonat sifatida qabul qiladi. Ushbu hodisa raqib, «kanonirlar»dan yanada qattiqroq nafratga sabab bo‘ladi.

Eshli Koul («Arsenal»dan «Chelsi»ga)

Futbolning yana bir esda qolarli transferlaridan biri Eshli Koulning «Arsenal»ni «bevafolarcha» tark etishi hamda «Chelsi»ga borib qo‘shilishi edi. «To‘pchilar» muxlislari bu xiyonatni hech ham kechira olishmadi. Ular mashhur Angliya terma jamoasi himoyachisini haqoratlab, tez-tez ismini buzib aytishadi(Cashlay Cole). Joze Mourinyoning shaxsan o‘zi futbolchi transferida bosh-qosh bo‘lgan, u bilan kelishib olgan edi. Biroq Koul shartnoma shartlaridan biroz norozi bo‘ladi. Shunday bo‘lsa ham «Chelsi» tarkibida haftasiga 55 ming funt maosh uchun ishlaydi. Oradan bir necha oy o‘tgach, «Arsenal» muxlislari «Stenford Brij» o‘yingohida Koul yuzi tushirilgan qalbaki banknotlar bilan norozilik bildiradi.

Figu («Barselona»dan «Real»ga)

2000 yilgi «Real Madrid» klubi prezidenti saylovlari Ispaniya futbol tarixiga, shubhasiz ajoyib transferni olib keldi. O‘shanda Florintino Perez saylovlarda ovoz yig‘ishda qiynala boshlaydi va klubga Luish Figoni «Barselona»dan keltirishga va’da beradi. U portugaliyalik afsonaviy futbolchi uchun 38 million funtlik taklif kiritib, uni «Real»ga olib kelishda katta jonbozlik ko‘rsatdi. Shundan so‘ng, Figo madridliklar safiga qo‘shiladi. Ammo futbolchi 2002 yilda yana Kataloniyaga qaytadi. Uning «Nou Kamp»dagi ilk o‘yinida muxlislar unga sotqindek muomala qilishadi va hushtakbozlik bilan kutib olishadi. Shuningdek, Figuga «atab» cho‘chqaning boshi maydonga uloqtiriladi.

Bajo («Fiorentina»dan «Yuventus»ga)

«Diving Pontail» nomi bilan tanilgan fransiyalik futbolchi 1990 yilda «Yuventus»ga o‘sha paytdagi rekord summaga, 8 million funt evaziga transfer qilinadi. Katta miqdordagi mablag‘ undirilganga qaramay, Viola muxlislari g‘azablanadi va klub ofislariga bostirib kirishgacha borishadi. Buning natijasida klub prezidenti Flavio Pontello stadion ichkarisiga yashirinishga majbur bo‘ladi. O‘shanda qilingan tartibsizliklar natijasida 50 nafar muxlis jarohat olib, yana to‘qqiz kishi hibsga olingandi. Keyinchalik, «Fiorentina» hamda «Yuventus» o‘rtasida o‘tkazilgan bahsda Roberto Bajo penalti tepishdan bosh tortadi. Negaki, raqib darvozaboni Janmatteo Marregini uning tepish usulini juda yaxshi bilar edi. O‘yinda Roberto zahiraga olingach, u maydonga tashlangan «Fiorentina» sharfini qo‘liga olib, uni o‘pib, «binafsharang yurak»ka egaligiga ishora qiladi.


Jaloliddin ISMATOV tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:49, 10.08.2021.
O'qildi: 4904 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.