Sobiq «MYU» futbolchisi Lyuk Chedvik «Lester» yulduzi Meddisonni «Arsenal»ga potensial transferi haqida gapirdi. Uning fikricha Meddison o‘z jamoasida qolgani ma’qul. 24 yoshli Angliya termasi a’zosi uchun Brenden Rojers qo‘l ostida to‘p surish qulayroq.
Jamoa uning o‘yin uslubi uchun o‘ta mos keladi. Yarimhimoyachi maydonda hujum vakili Jemi Vardi bilan yaxshi aloqada bo‘ladi. Qolaversa, sobiq futbolchi klub «Arsenal»dan farqli ravishda Yevrokuboklarda ishtirok etayotganini ta’kidlaydi.