«Lasio» klubi «Arsenal»ning urguaylik futbolchisi Lukas Torreyrani sotib olish bo‘yicha harakat boshladi. «La Gazzetta dello Sport» nashri xabar berishicha, 25 yoshli yarimhimoyachi londonliklar tarkibida ortiqcha.
«Arsenal» uni sotib olish sharti bilan ijaraga berishga tayyor. Mourisio Sarri qo‘l ostidagi «Lasio»ga maydon markazida muvozanatni saqlaydigan futbolchi kerak.
Shuning uchun Klub sport direktori shaxsan futbolchi transferini amalga oshirmoqchi. Torreyra o‘tgan mavsumni «Atletiko»da ijarada o‘tkazgan.