Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Jasur Abduraimov va “Metallurg” O‘zPFL reglamenti bandini buzdi

Jasur Abduraimov va “Metallurg” O‘zPFL reglamenti bandini buzdi

Baho:
+ | -

“Metallurg” klubi bosh murabbiyi Jasur Abduraimov Coca-cola Superliga 15-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. O‘zPFL klub bosh
murabbiylari tomonidan bildirilgan fikrlarni hurmat qiladi va o‘z navbatida bosh murabbiylarni ham “2021 yilgi mavsumda O‘zbekiston professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”da (keyingi o‘rinlarda – Reglament) ko‘rsatilgan fikrlarni hurmat qilishga chaqiradi. Mazkur Reglament uch alifbo va ikki tilda chop etilgan hamda klublarga tarqatilgan.
Shuningdek, Reglamentni O‘zPFL rasmiy sayti orqali elektron shaklda ham yuklab olish
imkoniyati mavjud.

Reglamentning 20.6-bandida Superliga va Pro liga klublari bosh murabbiylari uchrashuvdan
keyingi matbuot anjumanida ishtirok etishlari shart ekani ko‘rsatib o‘tilgan. Bunda matbuot
anjumaniga yordamchi murabbiyni yuborish to‘g‘risida gap-so‘z yo‘q. Qolaversa, har bir
murabbiyda shogirdlari bilan muloqot qilish uchun yetarlicha imkoniyat mavjud. Ammo rasmiy
uchrashuvdan keyingi tahminan yarim soatlik sport jurnalistlarining savollariga javob qaytarish uchun sarf etilishi lozim. O‘zPFL shu shart bilan bosh murabbiylarga Musobaqada ishtirok etish uchun lisenziya taqdim etadi. Qolaversa, har bir futbol klubi Reglament talablariga qat’iy rioya qilish sharti bilan Musobaqaga qo‘shiladi.

Jasur Abduraimov “Turon”ga qarshi mag‘lubiyat bilan yakuniga yetgan uchrashuvdan keyingi
matbuot anjumanini inkor qildi. Bu bilan u Reglament talablarini buzdi va uchrashuvga tashrif buyurgan sport jurnalistlariga nisbatan hurmatsizlik qildi. Oqibatda tegishli qo‘mita Jasur Abduraimovga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘lladi. Shunga qaramay, Abduraimov keyingi
uchrashuvdan keyin ham Reglamentning xuddi shu talabini bajarmadi. Oqibatda O‘zPFL keyingi
uchrashuvda murabbiyni maydon bo‘ylab texnik zonaga kiritmadi. Bunday holat yana
takrorlansa, O‘zPFL murabbiy lisenziyasini bir necha uchrashuvgacha bekor qilishi mumkin.

Manba: UzPFL
Kiritildi: 13:44, 14.08.2021.
O'qildi: 2921 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.