Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Lukakusiz «Chelsi»ning oxirgi o‘yini yoxud London klublari o‘rtasidagi uchrashuv (prevyu)

Lukakusiz «Chelsi»ning oxirgi o‘yini yoxud London klublari o‘rtasidagi uchrashuv (prevyu)

Baho:
+ | -

«Chelsi» va "Kristal Pelas" jamoalari o‘rtasidagi bahs - APLning 1-tur uchrashuvi bir necha soatdan keyin start oladi.

Bilasizmi?

«Chelsi» APL doirasida "Kristal Pelas"ga qarshi oxirgi 20 uchrashuvning 16 tasida g‘alaba qozongan va 4 mag‘lubiyat qayd etgan.

«Ko‘klar» oxirgi 4 APL ochilish o‘yinining ikkitasida mag‘lubiyat qayd etishgan. Bu oldingi 23 musobaqada ko‘rsatilgan natija hisoblanadi (16 g‘alaba, 5 durang, 2 mag‘lubiyat).

Futbolchi sifatida hozirgi "Kristal Pelas" ustozi Patrik Viyeyra APLda «Chelsi»ga qarshi o‘yinlarda umuman yutqazmagan - 6 g‘alaba, 4 durang. Bu «Chelsi»ga qarshi Premyer-Liga o‘yinlarida mag‘lubiyatga uchramagan eng yuqori o‘rinda turuvchi futbolchi sifatida tarixga kirgan.

2015/16 va 2016/17 yilgi mavsumlarda «Chelsi» maydonida g‘alaba qozongan "Kristal Pelas" "Stemford Bridj"da o‘tgan ketma-ket 4 bahsda umumiy 11:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.


Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Jonatan Moss

Qanot hakamlari: Mark Perri, Timoti Vud

Zaxira hakami: Jeyms Linington

VAR: Kevin Frend

VAR yordamchisi: Harri Lennard

Taxminiy tarkiblar:

Chelsi - Mendi, Asplikueta, Ryudiger, Zuma, Alonso, Jorjinyo, Kovachich, Hadson-Odoi, Maunt, Haverts, Verner

Kristal Pelas - Guaita, Uord, Kuyate, Gehi, Mitchell, MakArtur, Rayduold, Shlyupp, Ayu, Mateta, Zaa.

Yo‘qotishlar

«Chelsi» safida jarohati bois yarim himoyachi Hakim Ziyesh maydonga tusha olmaydi. Jamoaga yangi krlib qo‘shilgan hujumchi Romelu Lukaku esa karantin qoidalariga amal qilmoqda va ushbu o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

"Kristal Pelas" tarkibida yo‘qotishlar ko‘p. Ebereche Eze, Natan Fergyusonda jarohat bor. Konor Gallager diskvalifikasiya qilingan bo‘lsa, Luka Milivoyevich boshqa sababga ko‘ra o‘ynay olmaydi. Maykl Olise ham shikastlangan va uning maydonga tushish noma’lum.

Raqamlar

«Chelsi» barcha musobaqalarda "Kristal Pelas"ga qarshi so‘nggi 7 uchrashuvda g‘alaba qozongan.

«Chelsi» barcha musobaqalarda "Kristal Pelas"ga qarshi so‘nggi 3 uchrashuvda kamida uchtadan gol kiritgan.

"Kristal Pelas" APL doirasidagi oxirgi 8 o‘yinning yettitasida kamida ikkita gol o‘tkazib yuborgan.

Mazkur "London derbi"si bugun Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:47, 14.08.2021.
O'qildi: 2472 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик