Portugaliyalik yarimhimoyachi Renatu Sancheshning kelajagi noma’lumligicha qolmoqda.
Insayder-jurnalist Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, portugaliyalik jarohat olgan. Dushanba kuni futbolchi ehtimoliy operasiya uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Renatuning transferi shu sababli to‘xtab turibdi. Futbolchiga “Barselona“, “RB Leypsig“ qiziqish bildirgan - “Liverpul“ portugaliyalikni yanvar oyidan buyon kuzatib keladi, lekin ular hech qachon rasmiy taklif yoki muzokaralarni boshlamagan.