Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Mikael Sekeyra: «Bugungi o‘yin orqali Yevropada qanday to‘p surishlarini ko‘rsatib berdik»

Mikael Sekeyra: «Bugungi o‘yin orqali Yevropada qanday to‘p surishlarini ko‘rsatib berdik»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 15-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Lokomotiv" (1:0) uchrashuvidan keyin o‘tkaziladigan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra qatnashib, o‘yin haqidagi fikrlarini bildiradi.

"Birinchi navbatda, "Navbahor"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Chunki bu jamoani odatda ko‘p muxlislari o‘yinlarga tashrif buyurishadi, lekin "Lokomotiv" bugun mezbonlardan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdi. O‘yinni nazorat qildik. Ammo bugun "Navbahor" darvozabonining eng yaxshi o‘yini bo‘ldi. Lekin juda xursandman, bugun futbolchilarimiz ko‘rsatmalarimizni yaxshi bajarishdi. O‘ylashimcha, shu yil davomida futbolchilarimiz haqiqiy jamoaviy o‘yin ko‘rsatishdi. Biz yaratgan vaziyatlar payti to‘p darvoza to‘siniga tegdi, darvozabon qaytardi. To‘g‘ri, o‘yin oxirida bitta xato evaziga gol o‘tkazib yubordik. O‘yinda g‘alaba qozonish uchun barcha ishni bajardik, lekin omadimiz yurishmadi. Bugungi o‘yin orqali Yevropada qanday to‘p surishlarini ko‘rsatib berdik, - deydi Mikael Sekeyra.

- Avvalambor, O‘zbekistonga pul uchun kelmaganman. Asosiy maqsadim bu yerdagi futbol rivojiga hissa qo‘shish. Bugungi o‘yinga avvaldan tayyor bo‘lib kelgandik, shunga yarasha o‘yin namoyish etdik. Asosiy maqsadimiz maydon markazida to‘pni raqibga bermaslikka intildik. Bilasiz, kim imkoniyatlardan foydalana olmasa, raqib gol urib ketadi. Bugun ham shunday bo‘ldi.

- Odatda, "Navbahor" muxlislari stadionni to‘ldirib turishadi. Pandemiya sabab ularning yo‘qligi albatta, bilindi.

- "Navbahor"da yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Birinchi navbatda, muxlislari ko‘pligini ham ta’kidlamoqchiman. Hamma narsa bor bu jamoada. Qandaydir kamchiliklari bo‘lsa ular vaqti soati bilan bartaraf bo‘ladi, albatta.

- Abduxoliqov deyarli bir oy o‘ynamadi. Bugun 70 daqiqa o‘ynagan bo‘lsa, astoydil harakat qildi. Unga biroz vaqt kerak yaxshi formaga kirib olishi uchun. Raqib jamoa darvozaboni yaxshi o‘ynamaganda, bugun biz natijaga erishishimiz mumkin edi. Men berayotgan jismoniy yuklamalarga bugun tarkibimizda yig‘ilgan futbolchilarning hammasi tayyor. Shunchaki, biroz omad yetishmayapti. Ko‘ryapsizlar, bir o‘yinda omad kelyapti, boshqasida esa yo‘q. Har qanday holatda ham, bu yerdan boshimdan tik ko‘targan holda, "Lokomotiv" o‘yinini yaxshilagan holda ketaman", - deya fikrlarini yakunladi "temiryo‘lchilar" bosh murabbiyi.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 00:14, 16.08.2021.
O'qildi: 2326 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик