Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Viktor Jalilov: «Bugun yomonroq o‘yin bilan g‘alabaga erishdik»

Viktor Jalilov: «Bugun yomonroq o‘yin bilan g‘alabaga erishdik»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 15-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Lokomotiv" (1:0) uchrashuvidan keyin o‘tkaziladigan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Jalilov qatnashib, o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Albatta, birinchi navbatda natijadan xursandman. O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, "So‘g‘diyona" bilan bugungidan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatgandik. Bugun yomonroq o‘yin bilan g‘alabaga erishdik. Jamoada shakllanish davri ketmoqda, bugun ham zaxiradan maydonga tushganlar o‘yinga kirishib ketishdi. Raqib jamoaning tarkibi ancha shakllanib ulgurgan, ularning tarkibidagi 70 foiz futbolchilarni yaxshi taniymiz, bilamiz. Bizda "Qo‘qon-1912" bilan o‘yinda ham o‘yinimiz qovushmagandi, bugun ham shunday bo‘ldi. Umuman olganda, bugungi o‘yin uchun futbolchilarga rahmat aytmoqchiman, ular iroda ko‘rsatib, g‘alabaga erishishdi, - deydi Viktor Jalilov.

- Vaziyat shuni taqozo etdiki, asosiy tarkibda maydonga tushadigan yaqqol hujumchi G‘anixonov va O‘rinboyev bor. Ibrohim jarohatdan endi tuzalgani sabab bugun nari borsa 30 daqiqa o‘ynay olardi xolos. Ammo aynan uning maydonga tushishi sababli o‘yinimiz sezilarli kuchaydi. Lekin o‘yin boshidan sifatli hujumchini maydonga tushirish imkonimiz bo‘lmagani sabab, boshlang‘ich tarkibda o‘zgarish qilishga to‘g‘ri keldi. Buni to‘g‘ri tushunib turibmiz, vaziyatni o‘zgartirish choralarini topishimiz kerak.

- Har bir jamoada, u oxirgi o‘rinda borayotgan bo‘lsa ham, doimo tarkibida sifatli futbolchilari bo‘ladi. "Lokomotiv"da ham shunday futbolchilar ko‘p. Ulardan qaysi birini "Navbahor" tarkibida ko‘rishni istayotganim haqida biror nima deyolmayman. Hammasi transferlar amalga oshiriladigan davrda hal bo‘ladi.

- O‘tgan o‘yindan keyin ham aytgandim, hozir ham yetakchilar bilan oramizdagi farq katta emas. Endigina ikkinchi davraning ikkinchi o‘yinini o‘tkazdik. Qandaydir muammolar borligiga qaramay, bugungi o‘yin jamoa har qanday vaziyatda uchrashuvlarda g‘alaba qozonishi mumkinligini ko‘rsatdi. Futbolchilarning jismoniy holatiga kelsak, bu borada hech bir ko‘rsatkich borasida hech qaysi jamoadan ortda qolmayapmiz. Avvalgi o‘yinda ham, bugun ham so‘nggi daqiqalarda besh-olti nafar o‘yinchimizning oldinga o‘tganiga guvoh bo‘ldik. Agar ular charchab qolishganda, hujumga o‘ta olishmasdi.

- Samvel Babayan terma jamoani boshqargan mutaxassis sifatida katta tajribaga ega. Qaysidir jihatlar bo‘yicha jamoada o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Birgalikda amalga oshirayotgan ishlarimiz, nafaqat jamoaga, balki viloyat futboliga yordam berishiga ishonaman.

- Hozirda jamoada shartnomam bor. Uni uzaytirishni xohlashsa, uzaytiraman. Asosiysi, klub murabbiydan, murabbiy esa klubdan rozi bo‘lsin. Avvallari iste’foga chiqarishganda ham kompensasiya so‘ramaganman, ishim yoqmagan shekilli, shuning uchun ishdan bo‘shatishdi, deb hisoblaganman.

- Qachonki, "Navbahor" turnir jadvalida 2-3-o‘rinlarga ko‘tarilsin, shunda jamoa chempionligining 25 yilligiga bag‘ishlab har qanday o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etilishiga roziman, - deya fikrlarini yakunladi Viktor Jalilov.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 00:16, 16.08.2021.
O'qildi: 1981 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.