Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Ro‘ziqul Berdiyev: «E’tiborimiz asosan OFK kubogiga qaratilgan»

Ro‘ziqul Berdiyev: «E’tiborimiz asosan OFK kubogiga qaratilgan»

Baho:
+ | -

Superliganing 15-turi doirasida bo‘lib o‘tgan AGMK – “Nasaf” uchrashuvidan so‘ng qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Biz oxirigacha kurashdik va bir ochkoni qo‘lga kiritdik. Menimcha, bu yomon natija emas. Safarda AGMK bilan durang o‘ynash biz uchun qoniqarli natija. Buning ustiga biz bellashuv so‘ngiga qadar yutqazib turgandik. Albatda, agar biz birinchi bo‘limda penaltidan unumli foydalanganmizda o‘yin taqdiri boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Uchrashuv kurashlarga boy bo‘ldi. Buni yigitlarga ham aytdim va qo‘lga kiritilgan natija uchun ularga rahmat. Endi keyingi kubok o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz.

— Ikkinchi davrada jamoa tarkibiga yangi futbolchilar qo‘shildi. Umuman olganda, “Nasaf” joriy mavsumda qanday natijaga erishishi mumkin?
— Biz o‘tgan yilgi tarkibini saqlab qolishni xohlagan edik, lekin ba’zi yetakchi futbolchilarimiz bizni tark etishdi. Bu jamoa uchun og‘ir bo‘ldi. Yo‘qotishlar o‘rnini yoshlar bilan to‘ldirishga harakat qildik. Ikkinchi davrada tajribali futbolchilar bilan safimizni to‘ldirishga harakat qildik. Chunki jamoa ichida ham raqobat bo‘lishi kerak. Bir tarkib bilan uzoq masofani bosib o‘tish juda ham qiyin. Biz har doim yuqori natijalar uchun harakat qilamiz. Tarkibimiz nisbatan tajribasiz bo‘lsa ham, lekin yaxshi natijalar uchun maksimal darajada harakat qilamiz. E’tiborimiz asosan OFK kubogiga qaratilgan. Yaqinda musobaqa o‘yinlari yana boshlanadi. Biz unga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz.

— Oybek Bozorovning oxirgi uchta turdagi qoniqarsiz o‘yini Nasrullayevning yo‘qligi bilan bog‘liqmi?
— Sherzod Nasrullayevning yo‘qligi nafaqat Oybekni o‘yiniga, balki butun jamoaning o‘yiniga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Oxirgi turlarda Nasrullayev va Mozgovoyning yo‘qligi bilindi. Ular jamoaning yetakchilariga aylanib borishmoqda. Yana bir narsani muxbirlardan ham iltimos, ham talab qilgan bo‘lardim. Biz futbolchilarni erkalatib yubormasligimiz kerak. Ba’zi bir futbolchilarga maqtovlar boshqacha ta’sir qiladi. Oybekda katta potensial bor, uning o‘yini 2-3 o‘yinga emas, balki butun mavsumda stabil bo‘lishi kerak. Bu haqida u bilan jiddiy gaplashib oldik. Chunki u o‘z darajasini ushlab turishi va o‘sishga harakat qilishi kerak.

— Jamoa oxirgi uchta turda bir ochko jamg‘ardi. Bu jamoaga OFK Kubogidan oldin qanday ta’sir qiladi?
— Jamoamiz yaxshi kayfiyatda. Buni o‘yinlarda ham ko‘rish mumkin. Bellashuvlar qanchalik jiddiy bo‘lmasin, yigitlar oxirigacha harakat qilishmoqda. Oxirgi turlardagi raqiblarimizga ham munosib qarshilik ko‘rsatdik. “Paxtakor” , “Lokomotiv” jamoalari katta tajribaga ega jamoalar. Biz ularga yetarli darajada qarshilik ko‘rsatdik. Jamoamizning kayfiyati a’lo darajada. Biz so‘ngi turlarda ko‘p ochko yo‘qotdik va turnir jadvalida ham pastladik. Bu futbol. Biz raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar mag‘lubiyatni tan olib maydonga tushmaymiz.

— “Ahal” bilan o‘yinda oldin jamoada rotasiya qilishni reja qilyapsizmi?
— Rotasiya qilish uchun bizda u qadar katta zaxiramiz yo‘q. Mavsum boshidan o‘n uchta futbolchi stabil o‘ynab kelmoqda. Hozir jamoaga tajribali futbolchilar kelib qo‘shildi. Oldinda “Metallurg” bilan kubok o‘yini bor. Shu orqali OFK Kubogiga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 07:30, 16.08.2021.
O'qildi: 3104 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.