Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Saken Polatov O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Saken Polatov O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Tokio Olimpiadasi o‘z nihoyasiga yetdi. Demak, bizda yangi sikl boshlandi.

Olimpiada yakuniga yetgach o‘z-o‘zidan navbatdagi musobaqalarga tayyorgarlik boshlab yuborildi. O‘zbek bokschilarini oldinda ko‘plab musobaqalar kutib turibdi.

Bugun navbatdagi musobaqalar oldidan O‘zbekiston boks federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov terma jamoamiz a’zolari bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi.

Yig‘ilish davomida endilikda terma jamoada ishni tashkil etishda kiritiladigan o‘zgarishlar, oldindagi rejalar va boshqa masalalar gaplashib olindi.

Yig‘ilish davomida federasiya rahbari barcha uchun imkoniyat borligi haqida gapirdi.

"Endilkda terma jamoa tarkibi bir necha mutaxassisdan tashkil topgan murabbiylar kengashi qaroriga ko‘ra aniqlanadi. Terma jamoa uchun yig‘inlar soni ko‘paytiriladi.

Barchangizda o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadingiz bor. Unga erishish uchun esa faqat va faqat mehnat qilishingiz lozim.

Bu yerda o‘tirgan barcha bokschilar Parij Olimpiadasi, jahon chempionatlari uchun potensial nomzod hisoblanishadi.

Sizdan talab qilinadigani faqat intizom va mehnat. Musobaqalarga kim kuchli bo‘lsa o‘sha boradi. Tarkib tanlashda nomlarga qarab o‘tirmaymiz. Barchada imkoniyat bor.

Shuni his qilishingizni istardimki, Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Miromonovichning aynan boksga e’tiborlari boshqacha. Biz ushbu e’tiborga yuksak natijalarimiz bilan javob qaytarishimiz lozim", - dedi Saken Polatov.

Yig‘ilish davomida shuningdek kengaytirilgan tarkib aniqlab olingani ma’lum qilind. Jahon chempionati 13 ta vazn toifasida o‘tkazilishi yana bir bora eslatib o‘tildi.

Uchrashuvda terma jamoamiz sardori Bahodir Jalolov, shuningdek Rustam To‘laganov va yana bir necha bokschilarimiz o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

Manba: Ўзбекистон бокс федерацияси матбуот хизмати
Kiritildi: 15:14, 17.08.2021.
O'qildi: 1653 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.