Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Alaves 2-3 Valyadolid
19/10 15:00 Lokomotiv 2-3 Bunyodkor
19/10 16:30 Tottenhem 4-1 Vest Xem
19/10 17:00 Atletik Bilbao 4-1 Espanyol
19/10 17:15 Metallurg 0-0 Andijon
19/10 18:00 Komo 1-1 Parma
19/10 18:00 Jenoa 2-2 Bolonya
19/10 19:00 Fulhem 1-3 Aston Villa
19/10 19:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
19/10 19:00 Nyukasl 0-1 Brayton
19/10 19:00 Sautgempton 2-3 Lester
19/10 19:15 Osasuna 1-2 Betis
19/10 19:15 Ipsvich 0-2 Everton
19/10 21:00 Milan 1-0 Udineze
19/10 21:30 Jirona 0-1 Real Sosyedad
19/10 21:30 Bornmut 2-0 Arsenal
19/10 23:45 Yuventus 1-0 Lasio
20/10 00:00 Selta 1-2 Real Madrid
20/10 15:00 Neftchi - Navbahor
20/10 15:30 Empoli - Napoli
20/10 17:00 Malyorka - Rayo Valyekano
20/10 17:15 Olimpik - Qizilqum
20/10 18:00 Lechche - Fiorentina
20/10 18:00 Venetsiya - Atalanta
20/10 18:00 Vulverhempton - Manchester Siti
20/10 19:15 Atletiko - Leganes
20/10 20:30 Liverpul - Chelsi
20/10 21:00 Kalyari - Torino
20/10 21:30 Vilyarreal - Xetafe
20/10 23:45 Roma - Inter
21/10 00:00 Barselona - Sevilya
21/10 18:00 So‘g‘diyona - OKMK
21/10 23:45 Verona - Monsa
22/10 00:00 Valensiya - Las-Palmas
22/10 00:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas

"MYU" tarixidagi g‘alati va kutilmagan transferlar

"MYU" tarixidagi g‘alati va kutilmagan transferlar

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" kamdan-kam holatda o‘z muxlislarini yangi imzolangan shartnomalar bilan lol qoldira olmasligi mumkin. Har yili yangi syurpriz yoki kutilmagan shartnoma mavjud. Bu, ayniqsa, Ser Aleks Fergyuson ketganidan so‘ng, akademiya futbolchilariga bo‘lgan e’tibor tushib ketdi va katta pul evaziga tezda o‘yinni o‘zgartiradigan futbolchilar sotib olina boshlandi.

Klubning asosiy kamchiligi shoshqaloqlikda yoki aniq rejalar yo‘qligida. Natijada, Old Traffordga kelgan yangi o‘yinchi umuman klubga to‘g‘ri kelmay qolishi borgan sari odatiy holga aylanib bormoqda. So‘nggi soniyalarda qancha vahima evaziga sotib olingan transferlari talaygina. Ha, bu mavzuda uzoq vaqt bahslashish mumkin, bugun barchamizni hayron qoldirgan eng kutilmagan transferlarni eslaymiz.

Antoni Marsyal

Ushbu ro‘yxatni hayratlanarli tarzda "Yunayted" da hali ham o‘ynaydigan futbolchi bilan boshlaymiz.
2015/16 yilgi mavsum oldidan "qizil iblislar" hujumchiga juda muhtoj edilar. Robin van Persi, undan keyin Radamel Falkao ketdi. Ular Tomas Myuller va Robert Levandovskini olib kelishmoqchi bo‘lishdi , ammo "Bavariya " ularni shunchaki qo‘yib yubormadi.

Ularning o‘rniga "Monako" ning 19 yoshli Antoni Marsyalga murojaat qilishdi, uning qiymati 36 million funtga teng edi.

Transfer belgilangan muddatda amalga oshirildi va ko‘pchilik klubning bunday harakatlaridan hayratda qolishdi.

Birinchi mavsumda uning jamoa kelganidan hech kim nolimadi. Marsyal yaxshi o‘yin ko‘rsatdi va hatto Golden Boy mukofotiga loyiq ko‘rildi. Ammo so‘nggi yillarda unga nisbatan munosabat o‘zgardi: ko‘pchilik uning qanchalik beqarorligini va muhim daqiqalarda qanday qilib yo‘q bo‘lib ketishini yoqtirmaydi.

Radamel Falkao

2013/14 yilgi dahshatli tush "Manchester Yunayted" mavsumni turnir jadvalida yettinchi bo‘lib tugatdi va "qizil iblislar" eng yaxshi klub maqomiga qaytish uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilishga tayyor edilar. Jamoaga yangi murabbiy Lui van Gal olib kelindi, u darhol Anxel Di Mariya, Markos Roxo va Deyli Blind bilan shartnoma imzolashni ma’qulladi.

Ammo eng asosiy transfer Radamel Falkao bo‘ldi - yana, transfer oynasining so‘nggi kunida. Kolumbiyalik futbolchi 43 million funt sterling sotib olish imkoniyati bilan bir yillik ijara shartnomasini imzoladi. O‘sha paytda u futbol olamidagi eng kuchli hujumchilardan biri deb hisoblanardi.

Ammo Manchesterga boshqa birov kelganga o‘xshardi. Hali ham jarohatdan to‘liq tiklanmagan kolumbiyalik juda yomon o‘ynadi va 29 o‘yinda atigi to‘rtta gol kiritdi. Keyingi mavsumni "Chelsi" tarkibida o‘tkazgan futbolchi xuddi shu tarzda yilni yakunlagandi.

Maykl Ouen

Maykl Ouenning MYUga o‘tishini hech kim taxmin qila olmasdi. Axir u "Liverpul" ning qahramoni edi va uni bir paytlar eng ashaddiy dushmani bo‘lgan jamoaning libosida maydonga tushishi mumkin emasday edi.

Lekin ushbu transfer 2009 yilning yozida sodir bo‘ldi.Angliyalik futbolchi Karlos Tevesning o‘rniga olib kelingan edi.

"Manchester Yunayted" muxlislari bunday kelishuv haqida nima o‘ylashlarini bilmas edilar, garchi tez orada ular o‘zlarining yangi sevimli futbolchisi “Siti" darvozasiga qo‘shimcha daqiqalarda gol o‘rib azaliy raqibni yengishda munosib hissa qo‘shgan edi.

Qanchalik xohlamasin Ouen bir paytlar "Real" jamoasida harakat qilgan futbolchi emasdi. Uch yil ichida 52 uchrashuvda maydonga tushib 17 gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Odion Igalo

2019/20 yilgi mavsum boshlanishidan oldin "Yunayted" Romelu Lukakuni sotib yuborishga va Aleksis Sanchesni ijaraga berishga qaror qildi. Ikki hujumchiga o‘rinbosar topish muvaffaqiyatsiz tugadi va Markus Reshford va Antoni Marsyal duyetiga ishonishga to‘g‘ri keldi.

Reshford jarohat olganidan so‘ng, hujumda yordamchi kerakligi aniq bo‘ldi. Yanvar transfer oynasida ular Odion Igaloni jamoa olib kelishdi.
Muxlislar uning "Manchester Yunayted"da o‘ynab keta olmasligiga amin edilar, ammo ular baribir Igaloni yoqtirishdi,chunki hujumchi yoshligidan Old Trafforda o‘ynashni orzu qilgan.U 23 o‘yinda 5 gol kiritgan.

Aleksis Sanches

Sanches 2018 yilning yanvarida "Yunayted" ga o‘tganida, hamma klubning selleksiya bo‘limining ajoyib muvaffaqiyati haqida gapirishdi. Bunday o‘yinchini sotib olish juda ajoyib ish edi. 

O‘sha payt chililik futbolchi APLning eng yaxshilaridan biri hisoblanardi.Uni "Manchester Siti" ham sotib olishga juda harakat qilgan.Ammo "qizil iblislar" epchilroq edilar, natijada "Arsenal" yulduzi Pep Gvardiola jamoasiga o‘tmadi. Uning motivasiyasi haftasiga 400 ming funt maosh bilan izohlandi.

Endi shartnoma bunga loyiq emas edi, deb bemalol aytish mumkin. Chililik futbolchi 45 o‘yinda atigi 5 ta gol urdi.

Kiritildi: 17:35, 18.08.2021.
O'qildi: 5836 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.