Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/06 18:00 Polsha - Niderlandiya
16/06 20:00 So‘g‘diyona 1-0 Nasaf
16/06 20:00 Paxtakor 0-0 Navbahor
16/06 21:00 Sloveniya 1-1 Daniya
16/06 23:59 Serbiya 0-1 Angliya
17/06 18:00 Ruminiya - Ukraina
17/06 20:00 Lokomotiv - Dinamo
17/06 20:00 Olimpik - OKMK
17/06 21:00 Belgiya - Slovakiya
17/06 23:59 Avstriya - Fransiya
18/06 21:00 Turkiya - Gruziya
18/06 23:59 Portugaliya - Chexiya

Messining orzusi - «PSJ» bilan CHLda g‘alaba qozonish!

Messining orzusi - «PSJ» bilan CHLda g‘alaba qozonish!

Baho:
+ | -

Lionel Messi professional faoliyatidagi ikkinchi klubi — «PSJ»da nihoyat, yana CHL g‘olibiga aynalish niyatida. Argentinalik yulduz Parijdagi ilk matbuot anjumanida bu borada baralla gapirdi: «PSJ»ga o‘tganimdan xursandman. Bu ko‘pchilik uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. Har holda, «Barselona»dan ketishni o‘ylamagandim, bu juda og‘ir... Lekin endi aminmanki, oilam bilan Parijda ham o‘zimizni qulay his qilamiz. Tezroq yangi jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shilishni xohlayapman. Meni samimiy kutib olishdi. Muzokara jarayoni tez va samarali yakunlandi. Aslida vaziyat oson emasdi, muhimi, undan munosib chiqib oldik. Endi tezroq maydonga tushib, oldingidek o‘ynash, g‘alaba qozonishni xohlayman. «PSJ» ajoyib murabbiylar shtabiga ega. Klub sovrinlar yuta oladi, shuning uchun bu yerdaman. Orzularni birgalikda haqiqatga aylantiramiz».

— Mbappedan aynan nimalar kutyapsiz?

— «PSJ» bizga birga shug‘ullanish va o‘ynash imkoniyatini yaratdi, bundan xursandman, albatta. Binobarin, har doim eng yaxshi futbolchilar bilan o‘ynashni istayman. Bu — aqlga sig‘mas tajriba.

— Liga 1da qachon debyut qilmoqchisiz?

— Bilmayman. Bungacha ta’tilda edim. Kecha texnik xodimlar bilan gaplashdim va ma’lum vaqt tayyorgarlik ko‘rishim kerakligini aytdim. Bugunoq mashg‘ulotlarga kirishaman, maydonga tezroq qaytishim kerak. Murabbiylar shtabi jismoniy holatimga ishonch hosil qilishi bilan o‘yinga tushaman.

— «Barselona»dan ketishingiz qiyin bo‘lgani tayin. Hozirgi eng yorqin tuyg‘u nima: baxtmi yoki qayg‘u?

— Ha, oxirgi kunlarda atrofimda qandaydir g‘alati voqeliklar kuzatildi. Yana hammasi juda tez rivojlandi. Albatta, «Barselona»da nimalarni boshdan o‘tkazganimni aslo unutolmayman, lekin hayotimda shunday burilish bo‘lishini, «PSJ»ga o‘tishni kutgandim. Bu oilam uchun ham muhim, nachora, harakatdan to‘xtamasligimiz kerak. Har kuni oz-ozdan oldinga qadam tashlayveramiz.

— Parijda muxlislar sizni aeroportda 3 kun kutishdi...

— Bunday qabuldan boshim ko‘kka yetdi. Iliq xayrlashuv uchun «Barselona»ga ham rahmat. Hamma qarorimni to‘g‘ri qabul qildi, buni ko‘rish yoqimli, albatta. Endi muxlislar bilan stadionda ko‘rishish onlarini kutyapman.

— CHLda 4 marta g‘olib chiqqansiz. «PSJ»ning bu turnirda g‘alaba qozonishiga aynan nima kerak?

— Ba’zan jahonda eng kuchlisi sifatida tan olingan klub ham CHLda g‘alaba qozonolmaydi. Buning o‘ziga xos nozik va mayda tafsilotlari bor. CHL — Yevropaning eng kuchli klublari turniri, shuning uchun g‘alaba qozonish oson emas. Jamoa juda hamjihat bo‘lishi kerak, omad ham talab etiladi. Yana bir fakt — kuchli jamoa har doim birdek g‘alaba qozonavermaydi. Albatta, «PSJ»ning bosh maqsadi — CHL taxtiga ko‘tarilish.

— Sizningcha, klub hozir qanday holatda?

— Jamoa allaqachon katta g‘alabalarga tayyor. Mana, uni maqsadga yaqinlashtiradigan muhim transferlar amalga oshirildi. Orzum — CHL kubogini yana bir bora yutish, Parij buni ro‘yobga chiqarish uchun eng yaxshi joy.

— Neymar «PSJ» safiga 4 yil oldin qo‘shilgandi. Ushbu klubni tanlaganingizda braziliyalik do‘stingizning ta’siri qanday?

— Ha, Neymar muhim rol o‘ynadi. Bunday jamoani ko‘rgach, darhol uning safida o‘ynashni xohlaysiz. Umumiy maqsadimiz bir. Muhimi, yana birlashdik: men, Neymar va boshqa yigitlar.

— Fransiya futboli haqida nimalarni bilasiz?

— Liga-1 bilan tanishman, ba’zi o‘yinlarni kuzatdim va aytishim mumkinki, chempionatda raqobat ancha oshgan. Bunga transferlar ham dalil, barcha jamoalar kuchaymoqda. Fransiya futboli — men uchun yangi tajriba. Boshqacha raqobat, qarash,  usullar... Hozir istiqbolga katta ishonch bilan qarayapman.

— «Barselona» muxlislari sizning klubga qarshi o‘ynashingizni aslo xohlashmaydi...

— Barselona — jonajon uyim. Endi Parijdaman, vazifa esa — CHLda g‘olib chiqish. «Barsa» bilan uchrashamizmi-yo‘q — bilmayman, lekin shunday bo‘lishi — ajoyib. To‘g‘ri, bu klubga qarshi o‘ynashim juda noqulay...

— Hamma qulay joydan ketmasligingiz, klubni almashtirmasligingiz haqida ko‘p gapirardi...

— Hayotimda ko‘p yaxshi va yoqimsiz voqealar bo‘lgan, Argentinada o‘ynaganman. Bugun oldingidek g‘alaba qozonish irodasiga egaman va «PSJ»ga bor kuchimni beraman.

— Yakuniy qaroringizga Pochettinoning qo‘ng‘irog‘i nechog‘li ta’sir qildi?

— Pochettino bilan anchadan buyon tanishmiz. Axir argentinalikmiz, o‘ylaymanki, birga ishlashimiz osonroq, chunki vatanimiz bitta. Ha, Pochettino bilan gaplashdim, boshidanoq muloqotimiz yoqimli bo‘ldi.

— Oilangiz bilan Parijga ko‘chib o‘tishning eng murakkab tomoni nima?

— Umid qilamanki, oilam bu yerda yashashdan zavqlanadi. O‘zim esa yangi tajribaga tayyorman. Ishonchim komil, o‘zgacha sharoitlarga tezda ko‘nikib, futbolchilar bilan yaxshi ishlashim mumkin. Hamma bilan aloqam zo‘r. Mashg‘ulotlarni tezroq boshlasam, bas. Parij — go‘zal shahar. Menimcha, oilam a’zolari bu yerda yashashdan xursandlar.

Ma’lumotlar
— Lionel Messi Fransiya chempionatining eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylandi. Le Parisien nashri xabariga ko‘ra, argentinalik yulduz Parijda 2 yil davomida 120 million yevro oladi. Uning yillik ish haqi — 41 million yevro. Qo‘shimchasiga, 40 million miqdorida bonus belgilangan. Bunga ega chiqish uchun «PSJ» CHLda g‘olib chiqishi, futbolchining o‘zi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi kerak.

— Argentinalik yulduz maoshidan bir qismini kriptovalyutada oladi. Qayd etilishicha, parijlik muxlislar maxsus fan-tokenlarni sotib olishadi. «PSJ» tokenining bahosi — 41 dollar.

— «PSJ» Lionel Messi yozuvi tushirilgan futbolkalarni sotuvga chiqargach, atigi 1 soat ichida ulardan 250 ming dona sotildi.

— Messi ta’sirida «PSJ»ning «Instagram» tarmog‘idagi sahifasi obunachilari qisqa vaqtda 5 million kishiga oshdi.

— Messi «PSJ»da 30-raqamli futbolka ostida to‘p suradi.

— «PSJ» Liga 1 2-turidan o‘rin olgan «Strasbur»ga qarshi o‘yindan oldin «Park de Prens» arenasida yangi futbolchilari — Lionel Messi, Serxio Ramos, Janluiji Donnarumma, Jorjinyo Veynaldum va Ashraf Hakimini rasman muxlislarga tanishtirdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:00, 19.08.2021.
O'qildi: 3097 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.