Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Para atletlarimizni Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlariga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi

Para atletlarimizni Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlariga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Paralimpiada
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, joriy yilning 24 avgustidan 5 sentyabriga qadar Yaponiya poytaxti Tokio shahrida XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Kecha O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasida delegasiyamiz a’zolarini Tokio shahriga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev, sportchilar va ularning ota-onalari, murabbiylar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Tantanali marosimni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva ochib berdi hamda Tokioda bo‘lib o‘tadigan XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarida sportchilarga omad va zafarlar tilagan holda, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytishlarini, xalqimiz, Prezidentimiz ishonchlarini oqlashlari uchun bor mahoratlarini ishga solishga chaqirib, o‘zining samimiy tilaklarini izxor etdi.

So‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov sportchilarga yozgi Paralimpiya o‘yinlarida kuch-quvvat tilab, muhtaram Prezidentimiz hamda millionlab muxlislar ulardan g‘alabalar kutishlarini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov davlat bayrog‘ini Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayevga tantanali ravishda topshirdi. So‘ngra O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.

Marosimda so‘z olgan sportchilar – Muhammad Rexsimov va Shaxnoza Mirzayeva Paralimpiya harakatiga qaratayotgan yuksak e’tibori uchun barcha paralimpiya sportchilari nomidan Yurtboshimizga o‘z minnatdorchiliklarini izhor qilishdi va nasib qilsa, Mustaqilligimizning 30 yillik shodiyonasiga yuqori natijalar bilan qaytishlarini aytishdi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Mahsitov duoga qo‘l ochib, Tokioga yo‘l olayotgan delegasiyamiz vakillariga oq yo‘l tiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston sport delegasiyasi Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga 55 ta yo‘llanma qo‘lga kiritgan.

Manba: Ўзбекистон Миллий Паралимпия қўмитаси матбуот хизмати
Kiritildi: 09:00, 21.08.2021.
O'qildi: 2056 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.