Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

La liga. Depayning goli «Barselona»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (videosharh)

La liga. Depayning goli «Barselona»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (videosharh)

Baho:
+ | -

«Barselona» Ispaniya chempionatining 2-turi doirasida Bilbaoda «Atletik» klubi mehmoni bo‘lib, durangga imzo chekdi.

Basklar birinchi bo‘limda ustunlikka ega bo‘lib, bir nechta vaziyatlar yaratishdi. Jumladan, to‘p bir marta Neto qo‘riqlayotgan darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Taym so‘ngida esa "Barsa" hisobni ochgandi, ammo hakam Breytueyt o‘yin qoidasini buzdi deya hisoblab, golni inobatga olmadi.

Ikkinchi bo‘lim boshida "Atletik" burchak zarbasidan so‘ng hisobni ochdi. Himoyachi Inigo Mertines bosh bilan to‘pni raqib darvozasiga joyladi.

Shundan so‘ng Kuman shogirdlarida uyg‘onish kuzatildi va ular tashabbusni o‘z tomonlariga og‘dirishdi. Bahs tugashiga 15 daqiqa qolganida Depay chap qanotdan raqib jarima maydoniga kirdi va kuchli zarba bilan yaqin "to‘qqizlik"ni nishonga oldi.

Niderlandiyalik forvardi "ko‘k-anorranglilar"ga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylanishi mumkin edi. Ammo uchrashuv tugashiga 5 daqiqa qolganida Memfis darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, aniq zarba bera olmadi.

O‘yinga qo‘shib berilgan 3-daqiqada esa "Atletik" yarim himoyachisi Niko  Uilyams darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga qochib ketdi. Erik Garsiya jarima maydoni ostonasida unga nisbatan fol ishlatgani uchun maydondan chetlatildi. Mezbonlar ijrosidagi jarima zarbasi jonli devorga tegdi.

Shu tariqa, turning markaziy bahsida durang qayd etildi. "Bilbao"ning ochkolariga 2taga yetgan bo‘lsa, "Barsa" 4 ochko egasiga aylandi.

Ispaniya La ligasi, 2-tur
Atletik – Barselona 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 50 Martines, 1:1 – 75 Depay.
Atletik – Agirresabala, Lekue, Martines, Vivian, Balensiaga, Dani Garsiya (Sarraga, 82), Vensedor (Vesga, 67), Sanset (Raul Garsiya, 67), Berenger (Morsilyo, 82), Uilyams, Muniain (Uilyams, 76).
Barselona – Neto, Dest (Emerson, 82), Pike (Arauxo, 31), Erik Garsiya, Alba, Buskets, de Yong, Pedri (Serji Roberto, 62), Grizmann, Breytueyt (Demir, 62), Depay.
Ogohlantirishlar: Martines (20), Erik Garsiya (28), Alba (76).
Chetlatish: Erik Garsiya (90+3).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:10, 22.08.2021.
O'qildi: 6979 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик