Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Saidyoqub Qahramonov UFC’dagi debyut jangida muddatidan avval g‘alaba qozondi

Saidyoqub Qahramonov UFC’dagi debyut jangida muddatidan avval g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

AQSHning Las-Vegas shahrida Toshkent vaqti bilan 22 avgust tongida UFC on ESPN 29 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu MMA oqshomida o‘zbekistonlik yakkakurashchi Saidyoqub Qahramonov (9-2) o‘z debyutini o‘tkazdi. Unga Guam vakili Trevin Jons (13-7) raqib bo‘ldi.

Jang Saidyoqubning ustunligida o‘tdi. Uchinchi raund so‘ngida Qahramonov raqibiga bo‘g‘ish usulini qo‘llab, Jonsni taslim etdi. Shu tariqa o‘zbekistonlik yakkakurashchi UFC’dagi debyutini g‘alaba bilan boshladi.

Qahramonov UFC’da jang qilgan to‘rtinchi o‘zbekistonlik bo‘ladi. Ayni vaqtda Mahmud Murodov, Zarrux Adashev va Liliya Shokirova ushbu promoushenda harakat qilmoqda.

Saidyoqub Qahramonov 1995 yilning 14 noyabrida Samarqandda tug‘ilgan. Ushbu bellashuvga qadar sportchi professional MMA’da o‘nta jang o‘tkazib, ularning 8 tasida g‘olib bo‘lgan va ikkita jangda yutqazgan. Mag‘lubiyatlaridan birini hozirda UFC’da ishtirok etayotgan Umar Nurmagomedovdan qabul qilib olgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:20, 22.08.2021.
O'qildi: 4711 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.