Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Muzaffar Abdurahmonov: «Davlat mukofoti sportchi va murabbiylarni yanada ruhlantiradi»

Muzaffar Abdurahmonov: «Davlat mukofoti sportchi va murabbiylarni yanada ruhlantiradi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchi, murabbiy, shifokor va mutasaddi rahbarlarni yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirladi.

Mukofot olganlar orasida erkin kurash bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining bronza medali sovrindori Bekzod Abdurahmonovning ham murabbiyi, ham akasi Muzaffar Abdurahmonov ham bor. U Prezident Farmoniga ko‘ra «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoniga loyiq ko‘rildi.

 «Avvalo, Prezidentimiz Shavkat Miromonovichga biz sportchi va murabbiylarga ko‘rsatayotgan e’tiborlari uchun barcha sport kurashchilari oilasi nomidan rahmat aytmoqchiman. Biz uchun kutilganidan ham a’lo darajada g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi. Bu sportchi va murabbiylarni yanada ruhlantiradi, yangi g‘alabalar sari undaydi.

Ochig‘i, Bekzod bilan Tokio gilamlarida oltin medalni qo‘lga kiritishni niyat qilgandik. Endi bu sport, unda shunday kutilmagan natijalar bo‘lib turadi. Ayniqsa, Olimpiya o‘yinlari boshqa musobaqalardan shunisi bilan ham farqlanadi. Nasib qilsa, Parij-2024 Olimpiadasida oliy orzumizni ro‘yobga chiqaramiz.

Buning uchun astoydil harakat qilamiz. Mashg‘ulotlarni allaqachon boshlab yuborganmiz. Oldinda ikki oydan so‘ng o‘tkaziladigan jahon chempionati, kelasi yili Xitoyda o‘tajak Osiyo o‘yinlari bor. Bu musobaqalarda ham faqat chempionlik uchun kurashamiz», – deydi Muzaffar Abdurahmonov.

Manba: Ўзбекистон спорт курашлари ассоциацияси матбуот хизмати
Kiritildi: 09:43, 22.08.2021.
O'qildi: 1350 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.