Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Ro‘ziqul Berdiyev: «Ertaga barchani xursand qilishga harakat qilamiz»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Ertaga barchani xursand qilishga harakat qilamiz»

Baho:
+ | -

OFK kubogi chorak finalidan o‘rin olgan "Nasaf" — "Ahal" uchrashuvidan oldin bo‘lib o‘tgan  matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev hamda Husayn Norchayev ishtirok etdi.

"Ertangi o‘yinga, “Ahal” jamoasiga qarshi tayyorgarligimiz ko‘ngildagidek o‘tdi. Futbolchilarimiz ham  ertangi bellashuvga har tomonlama tayyor. Raqib haqida ham aytib o‘tishimi kerak. "Ahal"—  ajoyib jamoa. Ularning o‘yinlarini ko‘rganda haqiqatdan ham futbol o‘ynashini, o‘yinni yaxshi tashkil etishini, turli sxemalardan foydalanishlarini, individual kuchli futbolchilarga egaligini ko‘rdik. O‘ylaymanki, ertaga qiziqarli o‘yin bo‘ladi. Biz ertaga bor mahoratimizni ko‘rsatib, kerakli natijaga erishishimiz zarur", — deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

"Biz "Ahal" jamoasini yaxshi  o‘rganib chiqdik. Ertangi o‘yinga tayyorgarligimiz ham yaxshi bo‘lmoqda. Ertaga muxlislarni xursand qiladigan natijani qo‘lga kiritishga harakat qilamiz",— deydi Husayn Norchayev.

— Siz O‘zbek futbolida bir necha yillardan beri faoliyat ko‘rsatib kelyapsiz. Turkman futbolining qaysi jihatlari bizdan yuqori, qaysi jihatlari ortda?
— Aytib o‘tishim kerak, biz oldin ham turkman jamoalari bilan bir necha marotaba to‘qnash kelganmiz. Turkmaniston milliy terma jamoa o‘yinlarini ko‘p kuzatamiz. Bizga o‘xshash taraflari bor. Texnikaga tayangan holda taktik futbol ko‘rsatadi. Menimcha futboldagi mentalitet bir-biriga o‘xshash. Alabatta darajasi har xil bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda futbol o‘yinlari yaxshi tashkil qilinib, chempionat o‘yinlari barqaror o‘tib kelmoqda. Ularda pandemiya sababli ichki chempionat bahslari o‘tkazilayotgani yo‘q. Bu esa qaysidir ma’noda jamoamizga asqotishi mumkin. Lekin bu bizga ta’sir qilmaydi. Biz ertangi baxs uchun maksimal darajada tayyorgarlik ko‘rdik. O‘zbekiston va Turkmaniston tabiati ham deyarli bir xil. Shuning uchun biz issiqda ham, sovuqda ham futbol o‘ynashni yaxshi ko‘ramiz. Raqibning ikkita o‘yinlarini ko‘rib chiroyli futbol ko‘rsatishiga guvoh bo‘ldik. O‘ylaymanki ertaga bizni qiziqarli baxs kutib turibdi. Bizning bosh maqsadimiz yurtdoshlarimizni, muxlislarimizni g‘alaba bilan xursand qilish.

— "Nasaf" OFK kubogida g‘olib chiqish uchun Superligani qurbon qilyapti degan gaplar yuribdi. Bu gap, so‘zlar qanchalik haqiqatga yaqin?
— Har xil gaplarga ishonaverish kerak emas. Har bir musobaqadagi o‘yinlarga maksimal darajada harakat qilyapmiz. Qaysidir o‘yinda yutyapmiz, qaysidirida mag‘lubiyatga uchrayabmiz. Lekin har bir o‘yinda bor imkoniyatimizni ishga solyabmiz. Muxlislardan bunday gaplarga e’tibor bermasliklarini so‘rab qolardim. Yuqorida aytganimdek qanday o‘yin bo‘lishidan qat’iy futbolchilarimiz oxirigacha kurashishadi.

— Superligadagi so‘ngi bellashuvlar natijalari jamoaning kayfiyatiga ta’sir qilayotgani yo‘qmi?
—  Bunday deb o‘ylamayman. So‘nggi turlarda Superliganing yetakchi jamoalari bilan o‘ynadik. Qaysidir o‘yinlarda mag‘lub bo‘ldik, qaysidirida mag‘lub etdik. O‘ylaymanki, ertangi bahsda yigitlarning kayfiyatiga ta’sir qilmaydi. Jamoani ichida bo‘lganim uchun futbolchilar har tomonlama tayyor ekanligini ko‘rib turibman.

— Yaxshi darvozabon “yarim jamoa” deb hisoblansa, legioner mahalliy futbolchidan bir bosh ustun bo‘lishi kerak. "Nasaf"ga yozgi transferlar oynasi vaqtida yangi xorijlik futbolchi kelib qo‘shildi. Andriya Kaluderovich qaysidir o‘yinda gol urdi va qaysidir o‘yinda golli uzatmani amalga oshirdi. Andriya jamoaga qay darajada qo‘shilib keta oldi? Ertangi o‘yinda uning qanchalik yordami tegishi mumkin? Legioner borasida sizda havotir bormi?
— Yangi legionerimiz jamoaga kirishib ketdi. Har qanday jamoamizga yangi kelgan futbolchini yaxshi qabul qilishimiz kerak. Futbolchining barcha imkoniyatini ochish uchun uni yaxshi qabul qilishimiz kerak.  Biz shunga e’tibor qaratamiz. Andriya jamoaga moslashib ketdi. Buni mashg‘ulotlarda ham ko‘rib turibman. Andriyada tajriba bor. Unlan Superligada to‘purar bo‘lishni talab qilmasligimiz mumkin. Lekin kerakli o‘yinlarda jamoaga yordam berishini talab qilamiz. U ertangi bahsga yuqori kayfiyatda tayyorgarlik ko‘rmoqda.SHunday ekan havotirga o‘rin yo‘q. Eng yaxshi tayyorgarlikka ega futbolchilarni tushiramiz. Tarkibimizda 20-25 yaqin futbolchi bor. Darvozabonimiz jarohat olgan, bilasizlar. Abduvohid Ne’matovning jarohati qanchalik jiddiyligi aniq emas. Lekin u kamida bir yoki ikki oyni o‘tkazib yuborishi ehtimoli bor.

— "Nasaf" ayni paytda xalqaro maydonda ishtirok etayotgan O‘zbekistonning yagona jamoasi bo‘lib turibdi. Tabiiyki muxlislar klubdan chempionlikni kutadi. Bu futbolchilarga ortiqcha bosim yuklamaydimi?
—  Menimcha yo‘q. OFK kubogida yaxshi start oldik. Ikkinchidan oradan ancha vaqt o‘tdi. Jamoamizning qanchalik imkoniyatga egaligini yaxshi bilamiz. Futbolchilarning ruhiy tayyorgarligini yaxshi olib borishga intilmoqdamiz. Ertaga ham bosimni yengishga tayyormiz.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 22:46, 24.08.2021.
O'qildi: 2785 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.