Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

«Tottenxem»ning ushbu yozgi transferlar oynasida qilgan ishlari

«Tottenxem»ning ushbu yozgi transferlar oynasida qilgan ishlari

Baho:
+ | -

«Tottenxem» klubining ushbu yozgi transferlar oynasida amalga oshirgan ishlari haqida to‘xtalib o‘tamiz.

«Fiorentina» hujumchisi Dushan Vlahovich. «Tottenxem» ayni paytda serbiyalik hujumchi uchun kurashdan chiqqan bo‘lsada, bir necha hafta oldin rasmiy taklif yuborggan edi. Dastlab, Vlahovich uchun londonliklar 60 mln yevro+bonuslar taklif qilgan bo‘lsa, keyinchalik 70 mln yevroni birdaniga ikki nafar «Fiorentina» o‘yinchilari hisoblangan Vlahovich va Milenkovich uchun taklif qilgandi. Ushbu so‘rovlar Florensiya klubini qoniqtirmagan, ular faqatgina Vlahovichning o‘zi uchun 70 mln yevro so‘rashgandi. Yakunda Milenkovich Italiya kklubi bilan shartnomasini uzaytirdi. 21 yoshli serbiyalik forvard esa «Fiorentina» bilan yangi shartnoma shartlari bilan kelisha olmagani uchun bitimga imzo chekkanicha yo‘q. Ammo, bu hozirda «shporlar» Vlahovich variantiga qiziqmay qo‘yishgan.

Lautaro Martines. «Tottenxem» va «Atletiko» argentinalik hujumchining transferi uchun bonuslar bilan 90 mln yevro taklif qilishgandi. Ammo, bu takliflarni «Inter» qabul qilmadi. Bir necha kun oldin esa 24 yoshli o‘yinchining agenti yangi shartnoma tafsilotlarini muhokama qilish maqsadida Italiya klubi rahbariyati bilan uchrashgan.

Ma’lum bo‘lishicha, "Manchester Siti" Xarri Keyn transferi uchun 75 mln funt va bonuslar miqdorida faqat bitta taklif yuborgan. Umumiy summa 100 mln funt atrofida bo‘lgan. Xullas, ular Keynni Grilishdan arzonroqqa baholashgan. Tabiiyki, ushbu taklifni Levi rad etgan. Endi «shaharliklar» nisbatan yaxshiroq yana bir taklif uchun tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Ammo, Telegraph nashrining yozishicha, Keynning o‘rnini to‘ldirish uchun nomzod topishga juda oz vaqt qolgani uchun endilikda 150 mln funt ham o‘yinchini qo‘lga kiritishga kamlik qilishi mumkin.

Ispaniya termasi a’zosi Adama Traore. Nunu Eshpiritu Santu bilan «Vulverhempton»da birga ishlagan Traore uchun London klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Klub ispaniyalikni 40 mln yevroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olish variantini taklif qilgandi, lekin «bo‘rilar» faqatgina to‘liq transfer amalga oshishini va kamida 40 mln yevroga rozi bo‘lishlarini ma’lum qilishgan. Ayni vaqtda, Traore tezligi va driblingi evaziga «shporlar» uchun foydali o‘yinchiga aylana oladi. To‘g‘ri, unda vaziyatlardan foydalanish bo‘yicha jiddiy muammolar bor, biroq bu mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan futbolchilar klubda topiladi.


Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:46, 25.08.2021.
O'qildi: 3100 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик