Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Jasur Abduraimov: «Futbolni hurmat qilish kerak»

Jasur Abduraimov: «Futbolni hurmat qilish kerak»

Baho:
+ | -

Coca-Cola Superliganing 16-turidan o‘rin olgan "Metallurg" — "Mash’al" (1:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Bugun juda yaxshi o‘ynadik. Zo‘r o‘yin ko‘rsatdik. Ammo himoyada ikkita xatoga yo‘l qo‘ydik. Bu darvozamizga ikkita golni olib keldi. Mening o‘ylashimcha, bolalar harakat qilishyapti. Biroq omadimiz kelmayapti. Kichik xatolarimiz bizga qimmatga tushayapti. Hozir jamoamiz “omadsizlik yo‘lagiga” tushib qolgan. Bu inqiroz emas. Bu mening nazarimda sinov. Sinovga esa bardosh berish, chidash kerak, ishlash kerak, mehnat qilish kerak. Men bu fikrimni ko‘p bora takrorlayapman, yana aytaman, natijaga erishish uchun o‘ynash kerak, qiyinchiliklarga, sinovlarga chidash kerak va ishlash kerak. Umid qilamanki, tez orada natijalarimiz ham yaxshi tomonga o‘zgaradi.

— O‘yin davomida “Mash’al" futbolchilari to‘pni qo‘l bilan o‘ynagan vaziyatlarga fikringiz qanday?
— Buni o‘zingiz ham aytib turibsiz. Men murabbiyman, hakam emasman. Yoki hakamlar qo‘mitasida ishlamayman. Bu haqida nima deyishim mumkin? Mening o‘ylashimcha, to‘p qo‘lga tekkandan keyin 11 metrlik jarima berilishi kerak. Shaxsiy fikrim, o‘sha vaziyatlarda ham penalti belgilanishi kerak edi. Hakamlar haqida gapirishni istamayman.

— Jamoa belgilanmagan penaltilar bo‘yicha shikoyat arizasi yozadimi?
— Albatta yoziladi. Biz buni o‘rganib chiqdik. Hakamlar qaydnomasiga ham buni albatta kiritamiz.

— Ammo hisob o‘zgarishsiz qolaveradi?
— Ha, shunday. Hisob endi o‘zgarmaydi. Takror va takror aytayapman, futbolni hurmat qilish kerak.

— Ixtiyor Toshpo‘latovning jamoadan ketishiga sabab nima?
— Ixtiyor Toshpo‘latov yaxshi futbolchi. Biz transfer oynasida qanot himoyachiligiga Farrux Ibragimovni oldik. Ixtiyor Toshpo‘latovni esa ijaraga berganmiz. Chunki bunday o‘yinchi o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kerak-ku. U ayni paytda "Turon"da o‘ynayapti.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 06:09, 26.08.2021.
O'qildi: 1652 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик