Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Ulug‘bek Baqoyev: «Biz uchun har bir ochko oltinga teng»

Ulug‘bek Baqoyev: «Biz uchun har bir ochko oltinga teng»

Baho:
+ | -

Superliganing 16-turidan o‘rin olgan «So‘g‘diyona» - «Qizilqum» (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Turnir jadvalidagi o‘rnimizdan olib qaraganda biz uchun har bir ochko oltinga teng. Ko‘ryapsizki, barcha jamoalar deyarli teng kuchga ega. Hech bir klub oson mag‘lub bo‘layotgani yo‘q. Har birining maqsadi bor. Jamoam yaxshi va tartibli o‘yin ko‘rsatdi. Buning uchun ularni tabriklayman. Oldinga intilishda davom etamiz. Tanaffusda yetarlicha hordiq chiqarib keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘ramiz. Hakamlarga ortiqcha e’tirozim yo‘q. O‘yin paytida futbolchilar, murabbiylar hissiyotlarga berilishlari tabiiy holat. Hissiyotlarsiz futbol bo‘lmaydi. Bunday holatlar uchrab turadi.

«Qizilqum» kuchli legionerlarga ega jamoa. Buni hamma biladi. Birinchi bo‘limda Elgujaning o‘zida bir qancha xavfli vaziyatlar yuz berdi. Mahoratli ijrochilari istalgan jamoaga qiyinchilik tug‘dira oladi. Bugung ham oldingi chiziq vakillari bizga qarshi munosib to‘p tepdi. Navoiy shahri jamoasiga keyingi bahslarda omad va zafarlar tilab qolaman", — deydi Ulug‘bek Baqoyev.

Manba: https://t.me/fcsogdianajizzak
Kiritildi: 07:18, 26.08.2021.
O'qildi: 1566 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.