Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Bahrom Haydarov: «Shogirdlarimga qo‘qonliklarning standart vaziyatlaridan ehtiyot bo‘lish lozimligini tayinlagandim»

Bahrom Haydarov: «Shogirdlarimga qo‘qonliklarning standart vaziyatlaridan ehtiyot bo‘lish lozimligini tayinlagandim»

Baho:
+ | -

Coca-Cola Superligasi 16-tur doirasidagi "Qo‘qon-1912" – "Surxon" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Bahrom Haydarov ishtirok etdi.

"Birinchi bo‘limda havoning issiq bo‘lgani har ikki jamoaga ham ta’sir qildi. Shuning uchun dastlabki 45 daqiqalikda yaxshi o‘ynay olishmadi, deb o‘ylayman. Qo‘qonliklar ko‘proq uzun pastlarga e’tibor berdi. Chunki, oldinda ikki nafar bo‘ydor hujumchilar bor edi. Ularga qarshi futbolchilarimiz qiynalishdi. Gollar haqida aytadigan bo‘lsam, “Qo‘qon-1912” jamoasi so‘nggi paytlarda standartlardan unumli foydalanyapti. Bugun ham birinchi golda bu foyda keltirdi. Shogirdlarimga aynan Yosovichdan ehtiyot bo‘lishni aytgandik. Ammo xavotirlarimiz asosli chiqdi. Serbiyalik futbolchi bugun gol urdi. Ikkinchi gol haqida aytadigan bo‘lsam, markaziy himoyachi bunday qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ymasligi lozim edi.

Ikkinchi bo‘lim ham shiddatli kechdi. Tashabbus biroz biz tomonga o‘tgandek bo‘ldi. Agar vaziyatdan foydalana olganimizda hisob boshqacha bo‘larmidi?

Jamoaning nomini o‘zgartirish borasida biror narsa deyish qiyin. Jamoani ayni damda o‘z homiysi bor. Bilamiz oldin “ASK” degan jamoa bo‘lgan, balki shu nomli yangi jamoa tuzish mumkin. Lekin “Surxon” ayni damda o‘z homiysiga ega.

O‘yindan keyin biror narsa deyish mushkul. Bugun Pavlenko va Xolto‘rayev oldingi o‘yinlardek harakat qila olishmadi. Buni endi muhokama qilamiz. Balki Murod Bobojonovni asosiy tarkibda maydonga tushirishni o‘ylagandim.

Hozir autsayderlar haqida gapirishga erta. Oldinda 10 ta tur o‘yinlari bor. Shunday ekan Superligadan tushib ketadigan klublar xususida aniq aytish mushkul. Futbolda oxirigacha o‘ynash kerak. Xotirjamlikka berilish kerak emas", — dedi Bahrom Haydarov.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 07:21, 26.08.2021.
O'qildi: 1571 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик