Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

«Sotqinlar» yoxud muxlislarni yig‘latgan transferlar

«Sotqinlar» yoxud muxlislarni yig‘latgan transferlar

Baho:
+ | -

Transfer oynasi jamoalarga o‘z saflarini kuchaytirishga imkoniyat yaratib beradi. Bu vaqtda jamoalar kuchsiz ko‘ringan pozisiyagalarga jamoani yaxshilaydigan futbolchilarni olib kelishadi. Kuchli klublarning qo‘li har qanday transferni amalga oshirishga yetsa, o‘rtamiyona jamoalar esa o‘zlariga mos bo‘lgan futbolchilarga “sovchi” jo‘natishadi.

Shuningdek, transfer oynasi jarayonida jamoaning muxlislari tushkunlikka tushgan yoki yuraklari ezilgan transferlar ham bo‘lgan. Bu odatda klub qahramoni ketishga qaror qilganida sodir bo‘ladi. Eng yomoni, ular azaliy raqib tarkibiga borib qo‘shilishganda sodir bo‘ladi.

Futbol ishqibozlari bunday harakatlarni kechirishi qiyin, lekin ba’zida transfer oynasida shunday bo‘ladi. Keling, shunday eng “alamli” besh transferini ko‘rib chiqamiz.

Robin van Persi (“Arsenal” – “Manchester Yunayted”)
 
Robin van Persi “Arsenal”ga 2004 yilda “Feyenord” tarkibidan 4,5 million yevroga sotib olingan. Asta-sekin u o‘zini davrini eng yaxshi hujumchilaridan biri sifatida ko‘rsatdi va sakkiz yilini “kanonirlar” safida o‘tkazdi.



Ammo 2012 yilning yozida Van Persi “Arsenal” muxlislari uchun kechirilmaydigan ish qildi. U 30 million yevrolik shartnoma asosida ashaddiy raqib “Manchester Yunayted”ga o‘tishni ma’qul ko‘rdi. Niderlandiyalik futbolchi londonliklar tarkibida sovrinlar yutmagani uchun hafsalasi pir bo‘lgani va Ser Aleks Fergyuson qo‘l ostida o‘ynashni xohlagani uchun jamoadan ketganini aytib o‘tgan.

Van Persi yangi klubidagi birinchi mavsumida Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi. U 38 o‘yinda 26 gol urib, Premyer-liganing “Oltin butsa” sovrinini ham qo‘lga kiritdi.

Van Persi Premer liganing kanali uchun bergan intervyusida shunday degan edi:

“Manchester Yunayted”ni tanlashimda Fergyuson faktori menga ta’sir qildi. Uning o‘yinga tanlagan taktikalari, futbolchilar bilan qiladigan muomalasi meni u yerga o‘tishimga sabab bo‘ldi.

Men katta g‘alabalar qozonishni juda xohlardim va Giggz, Kerrik, Skoulz, Vidich, Ferdinand to‘p tepayotgan jamoaga qarasam, ularning hammasi yirik g‘alabalarda jamoaga yordamiga tekkanini ko‘rardim. Men bu jamoaning bir qismi bo‘lishni xohladim. G‘alaba qozonishni biladigan jamoaga borishim kerak edi, bu tanlovni qilib adashmadim”.

Roberto Badjo (“Fiorentina” - “Yuventus“)
 
Roberto Badjo o‘z vaqtida “Oltin to‘p”ga ega chiqqan va futbol tarixidagi eng yaxshi pleymeykerlardan biri bo‘lgani ko‘pchilik katta yoshli futbol muxlislari yodida bo‘lsa kerak. “Fiorentina” tarkibida katta futbolga kirib kelgan Roberto u yerda 5 yilini o‘tkazadi. Mashhurlik olib kelgan o‘yinlardan keyin u 1990 yilda 8 mln. yevro evaziga “Yuventus”ga o‘tadi.



“Fiorentina” muxlislari bu harakatdan shu qadar g‘azabga tushishadiki, shahar ko‘chalarida tartibsizlik keltirib chiqarishadi. 50 kishi turli xil jarohatlar oladi va Badjo muxlislarga yuzlanishga qaror qiladi:

“Men ushbu transferni qabul qilishga majbur bo‘ldim”.

Badjoning faoliyatida shunday bir o‘yin bo‘lgan u “Yuventus” safida “Fiorentina“ darvozasiga penalti tepishdan bosh tortgan. Buning sababi so‘ralganda esa “Fiorentina” darvozaboni meni qanday zarba berishimni biladi, deb javob qaytargan.

“Yuventus” muxlislari “Fiorentina” ramzi tushirilgan matoni maydonga uloqtirgan paytda Badjo uni maydondan olgan. “Byankoneri” bilan A Seriya va Italiya kubogini qo‘lga kiritganiga qaramay, Badjo yuragining tubi doim binafsha rangda ekanligini aytgan.

Fernando Torres (“Liverpul“ – “Chelsi“)

Fernando Torres 2007 yilda “Atletiko” tarkibidan “Liverpul”ga o‘tgach APLdagi top hujumchilar soni yana bittaga ko‘paydi. U 2007-08 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 46 o‘yinda maydonga tushib, 33 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Torres Stiven Jerrard bilan juftlikda yaxshi harakat qilgan. Ispaniyalik futbolchining aql bovar qilmas iqtidori bilan “Liverpul” asta-sekin chempionlikka da’vogarga aylandi. 2008-09 yilgi mavsumda mersisaydliklar chempionlik poygasida ikkinchi o‘rinni egalladi. “Manchester Yunayted”dan atigi 4 ochko ortda qolgan tarzda.



Kutilmaganda, 2010/11 yilgi mavsum o‘rtasida Torres “Chelsi”ga o‘tdi. Dastlab, mersisaydliklar transfer taklifini rad etdi, lekin Torresning o‘zi ushbu transfer amalga oshishini ta’minladi. “Liverpul” uni qo‘yib yuborishga majbur bo‘ldi va “Enfild”ning sodiq muxlislari yodida Torres “sotqin”ga aylandi.

Torresning “Chelsi”dagi faoliyati ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ldi. U hech qachon “Chelsi” safida “Liverpul”dagi kabi o‘yin ko‘rsatmagan. Ammo Chempionlar ligasi, Angliya kubogi va Yevropa ligasida g‘olib chiqqan.

Luish Figu (“Barselona” – “Real”)

“Barselona” va “Real” o‘rtasidagi raqobat barcha davrlarning eng qizg‘ini hisoblanadi. Bu jihat kam sonli futbolchilarning ikki grand jamoaning birida o‘ynab ikkinchisiga o‘tishga to‘siq bo‘ladi. Bu ishni qilgan futbolchilar orasida eng mashhuri Luish Figu hisoblanadi.

Portugaliya afsonasi o‘zini “Barselona”da dunyoning eng yaxshi qanot yarim himoyachilaridan biri sifatida ko‘rsatdi. Uni muxlislar ham, mutaxassislar ham hurmat qilishardi. Ammo “Real Madrid” prezidentligiga nomzod Florentino Peres Figuni “Santyago Bernabeu”ga olib kelishni muxlislarga va’da qilgandi.



“Real Madrid” Figuni 62 mln yevrolik shartnoma evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu transferdan keyin Figu “Barselona” bilan o‘yin uchun har safar “Kamp Nou”ga kelganida, muxlislar doimo uni masxara qilishgan.

Klasikolardan birida burchak to‘pini tepayotgan Figuga xattoki cho‘chqaning boshini uloqtirishgacha yetib borishgan “Barsa” muxlislari.

Lionel Messi (“Barselona” – “PSJ”)
 
“Barselona” Lionel Messi o‘ynagan yagona klub edi. Ammo, klub ma’muriyati bilan yuzaga kelgan chigalliklardan charchagan futbolchi 2020 yil yozida ketmoqchi ekanligini aytdi. Biroq, uning shartnomasida ayrim bandlar tufayli jamoada qolishga majbur bo‘ldi.

2020/21 yilgi mavsumda “Barselona” direktorlar kengashi iste’foga chiqdi va Joan Laporta klub prezidenti lavozimida Xosep Mariya Bartomeuning o‘rnini egalladi. Laportaning ta’kidlashicha, uning vazifasi Lionel Messini saqlab qolish edi. Iyulgacha hamma narsa Messining klub bilan yangi shartnoma imzolayotganidan dalolat bergandek edi, chunki uning oldingi shartnomasi iyun oxirida tugagan edi.



Ammo “Barselona”ning moliyaviy muammolari shunchalik jiddiy ediki, ularning futbolchilarga beradigan maoshi La Ligadagi maosh chegarasidan ancha yuqori bo‘lgani uchun Messini jamoada olib qololmadi. Agar Messi o‘z maoshini 50 foizgacha qisqartirilishiga rozi bo‘lsa ham, klub unga yangi shartnoma taklif qilolmasdi. Ispaniya futboli qoidalariga ko‘ra, futbolchiga yangi shartnoma taklif qilinganida 50 foizdan ortiq maoshni qisqartirishi mumkin emas.

Natijada Messi butun faoliyati o‘tgan klubini tark etishga majbur bo‘ldi. U klub bilan xayrlashuv nutqida ko‘z yoshlar bilan jamoani tark etdi. Messing ketishida muxlislar ham yig‘ladi, uning o‘zi ham alamli ko‘z yoshlarini yashirib o‘tirmadi.

Ruslan Maksimov tayyorladi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:00, 26.08.2021.
O'qildi: 9565 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.