Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

"Chelsi" hujumiga qarshi "Liverpul" himoyasi qanday qilib qarshilik ko‘rsatadi?

"Chelsi" hujumiga qarshi "Liverpul" himoyasi qanday qilib qarshilik ko‘rsatadi?

Baho:
+ | -

Kelayotgan uchinchi turda, APL bahslari bir-biridan qiziq bahslarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Xususan, "Manchester Siti" "Arsenal"ni, "Liverpul" esa "Chelsi"ni mehmon qiladi. Ushbu o‘yinlar markaziy maqomida bo‘lishi shubhasiz, albatta. Bu ikki o‘yinning nisbatan teng kuchli raqiblar o‘rtasida kechadigani esa London va Liverpul shahri jamoalari to‘qnashuvi. Bu qarama-qarshilikning e’tiborli jihati shundaki, unda yana "aristokratlar"ning yangi hujumchisi Lukaku harakat qilishi kutilmoqda va u mutlaqo yangicha uslub egasi. Bunga Klopp shogirdlari, xususan jamoa himoyasi qanday javob beradi? Mudofaada belgiyalikka qarshi biror reja o‘ylanganmi? Mana shu kabi savollarga futbol mutaxassislari "Sky Sports" telekanali sharhlovchisi Gari Nevill hamda Jeymi Karrager o‘z fikrlarini bildirishdi. Ushbu munozaradan eng muhim qismlarini pastda e’tiboringizga havola etamiz.

 

Nevill: "Biz "Brenford"ni "Arsenal"ning himoyasini rasvo qilganini ko‘rgan edik. Bilamizki, Lukaku juda xavfli hujumchi va o‘tgan hafta uning bir o‘zi aynan shu ishni amalga oshirdi. U raqib jamoa darvozasi tomon yolg‘iz to‘p bilan kirib bora oladi va hayratlanarlisi, uni hech kim to‘xtata olmaydi. "Arsenal"ga qarshi aynan shu hodisa yuz berdi. Men o‘yinni kuzatar ekanman, Pablo Marini juda ham qiynalganiga guvoh bo‘ldim. Ochig‘i unga biroz rahmim ham keldi. U tajribali futbolchi, lekin bu narsa Lukakuga qarshi ish bermadi. Romelu old chiziqda o‘ta mardonavorligi bilan ajralib turdi. Unga qarshi o‘ynagan himoyachilarga imkoniyat bermay, o‘z o‘rnini juda tez o‘zgartirdi. Undan xavfsiragan yarimhimoyachilar ham yaqin o‘yin ko‘rsatishdi. Lekin foydasi yo‘q edi. Uning o‘zi "Arsenal" himoyachilarini dovdiratib tashladi. Shu yo‘sinda hujumchi raqib jarima maydonchasiga chuqurroq kirib boraverdi. Bu esa barcha himoyachilarni unga o‘ynashga majbur qildi. O‘ylangan rejalar ish berib, Lukaku faktori boshqa futbolchilarni yaxshi pozisiya uchun imkoniyatlar yaratilishiga sabab bo‘ldi. Xullas, Lukaku keyingi o‘yinda raqiblar uchun o‘rganilishi kerak bo‘lgan asosiy obektga aylangan".

Karrager: " Shubhasiz, bunday voqealarni "Liverpul" kuzatib turibdi. O‘yin oldidan klub albatta Lukakuning harakatlarini sinchiklab o‘rganadi. Aytish joizki, ayni damda Lukakuga qarshi duelga chiqish oson emas. U istalgan himoyachi bilan birga-bir qolganida jismoniy tomondan ustunlik qila oladi. To‘p undaligida, hech kim unga yaqinlasha olmayapti. Bundan ko‘rinadiki, muammoga kompleks yondashish lozim. Lukakuda ajoyib markaziy hujumchi ruhiyati mavjud. Aynan mana shu tomonlari bilan "Arsenal"ning markaziy mudofaasini, jumladan Pablo Marini imkonsizlantirgan edi. Uning eng xavfli tomoni sifatida to‘pni o‘ng oyog‘idan chapiga o‘tkazishini ko‘rsatish mumkin. Agar uning chap oyog‘iga to‘p to‘g‘irlansa, darvozaboningiz katta muammo bo‘sag‘asida qoldi deb hisoblayvering".
"Chelsi" "Enfild"ga tashrif buyurganida duch keladigan muammoli vaziyati Lukaku uchun tezda yechim topishdir. Nevillning fikricha, agar maydonda bitta xavf bo‘ladigan bo‘lsa, u ham Lukaku bo‘ladi.

 

Nevill: "Ikkinchi turdagi London derbisida "Arsenal"ning mag‘lubiyatiga eng katta sabab — bu ularning Lukakuga yetarlicha e’tibor qaratmaganligida. Ular Kai Havertz, Meyson Mount kabi o‘yinchilarni zararsizlantirishga intilib, Lukakuni eplay olmadilar. Chunki Tuxel tomonidan belgiyalikka aniq vazifa yuklatilgan edi va u bu vaziani qoyilmaqom qilib bajardi. Bir so‘z bilan aytganda, jamoa xiylasi ish berdi deyish mumkin. Men "Arsenal"ni to‘pga egalik qila olmaganiga, ayniqsa hayron qoldim. Bu ham Arteta jamoasining himoyada tutgan yo‘li bilan bog‘liq edi. Oqibatda, Kovachich hamda Jorjinyolar umumiy o‘yinni boshqarishdi. "Liverpul" va Klopp shundan xulosa qilgan holda, boshqacharoq yo‘l tutadi deb o‘ylayman. Ular yuqori bosim qila turib, himoyada Lukakuni bog‘lab tashlashi kerak. Bunda mersisaydliklarning katta yutug‘i bor. Agar Yurgen undan foydalana olsa, "Chelsi" o‘ylangan joyida tutilishi aniq. Romelu Lukaku bilan har tomonlama tengma-teng kurashishga qodir Virjil van Deykning maydonga qaytganligi, o‘yin hisobini oldindan tahmin qilishni murakkab ishga aylantiradi".

APLning uchinchi turidan o‘rin olgan "Liverpul" hamda "Chelsi" o‘rtasidagi bahs shanba, 28 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 21:30da start oladi.

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: Skysports.com
Kiritildi: 21:18, 26.08.2021.
O'qildi: 4155 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик