Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Ronalduning «MYU»ga qaytishi qanday muammolarni keltirib chiqaradi?

Ronalduning «MYU»ga qaytishi qanday muammolarni keltirib chiqaradi?

Baho:
+ | -

Ma’lum bo‘lishicha, «Siti»ga o‘tishga tayyorlanayotgan Krishtianu «Yunayted»dan taklifni eshitiboq, fikrini o‘zgartirgan. Tabiiyki, «Siti» darhol o‘yindan chiqdi.

Xo‘sh, endi nima bo‘ladi?

«Yunayted»ga jarima maydoni ichida foydali bo‘ladigan hujumchi zarur ekani sir emas. Shuning uchun ham bir amallab Edison Kavani yana bir yilga rozi qilingandi.

Ammo APL klublari virus muammoli bo‘lgan mamlakatlar terma jamoalariga futbolchilarni yubormasliklari yoki borib kelgan futbolchi 10 kun karantinda o‘tirishi ma’lum bo‘lgach, Kavani qarshi chiqib, nima qilib bo‘lsayam, Urugvay o‘yinlariga borishni talab qilayotgandi. Oltita yig‘in, har safar o‘n kundan karantin - bu degani, Kavani mavsumda kutilganidek foydali bo‘lmaydigandek edi. Ronalduning transferi bu sharoitda ayni muddao.

Shunday bo‘lsa-da, "Yunayted" uch kun ichida ba’zi ishlarni amalga oshirish kerak.

Eng muhimi, hozir hujum chizig‘ida futbolchi haddan tashqari ko‘p. Ronalduning kelishi muammoni yana ko‘paytiradi. Hujumchilar ichida Sancho, Reshford va Grinvud tegib bo‘lmaydigan nomzodlar. Marsiyal va Jeymsga xaridor axtarilishi, Kavani bilan iloji bo‘lsa, shartnoma bekor qilinishi, Elanga va Amad Dialloga ijara jamoa topilishi kerak. Xullas, mana shu besh futbolchidan kamida 3 tasi mavsumni "MYU"da o‘tkazmagan taqdirdayam, jamoa oldingi chizig‘ida uch o‘ringa 6 futbolchi bo‘ladi.

Ikkinchisi, Pogba masalasi. Ronalduning kelishi uning fikrini qanaqa o‘zgartiradi, bilmadimu, agar PSJ Mbappeni sotib, Pogbaga xaridor bo‘lsa, ketishi mumkin. U holda uning o‘rniga Saul, Nevesh yoki Rays (taktik jihatdan eng zaruri - haqiqiy tayanch) olib kelinishi zarur.

Zero, Pogba va Ronalduning bir tarkibda yugurishi (yugurmasligi)  himoyaga ancha bosh og‘riq bo‘lishi turgan gap.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 10:26, 28.08.2021.
O'qildi: 10617 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик