Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

APL. Mag‘lubiyatli ceriya qayd etib kelayotgan klub bugun «Lester» imtihonidan o‘tadi

APL. Mag‘lubiyatli ceriya qayd etib kelayotgan klub bugun «Lester» imtihonidan o‘tadi

Baho:
+ | -

Bugun «Norvich» va «Lester» klublari o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Uchrashuvga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Jeymi Vardi Premyer-Liga doirasidagi oxirgi 11 safar uchrashuvida gol urolmagan. So‘nggi bor hujumchi 2020 yilning dekabr oyida «shporlar» darvozasini ishg‘ol qilgandi.

Bu uning musobaqadagi debyut 12 uchrashuvidan beri qayd etilgan eng uzoq golsiz seriya hisoblanadi (2014 yil sentyabrdan 2015 yilning mart oyigacha).

«Norvich» APLdagi oxirgi 7 uchrashuvida faqatgina bir marta mag‘lubiyatga uchragan (4 g‘alaba, 2 durang). Yagona mag‘lubiyat 2015 yilning oktyabrida qabul qilib olingan.

«Kanareykalar» so‘nggi 12 APL o‘yinlarida 1 gol urib, 32 marta o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqqan holda mag‘lub bo‘lishdi.

Yuqori liga tarixida faqatgina «Sanderlend» (20 mag‘lubiyat, 2003 va 2005 yillar) va "Manchester Yunayted" (1930 yilda 14 mag‘lubiyat) klublari ko‘proq mag‘lubiyatli seriya qayd etishgan.

«Lester» APLning oxirgi 6 o‘yinida 4 marta imkoniyatni boy berib qo‘ygan (2 g‘alaba). Shuncha mag‘lubiyatlar ularning musobaqadagi oldingi 21 uchrashuvlarida qayd etilgandi (11 g‘alaba, 6 durang). Shunga qaramasdan, «tulkilar» xavfli hududda borayotgan jamoalarga qarshi oxirgi 5 bahsda 13:1 to‘p nisbati bilan g‘alaba qozongan.

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Robert Jons

Qanot hakamlari: Skott Lejer, Derek Iton

Zaxira hakami: Keyz Strod

VAR: Devit Kyut

VAR yordamchisi: Nik Hopton

Taxminiy tarkiblar

Norvich - Krul, Aarons, Henli, Gibson, Uilyams, Rupp, Gilmor, MakLin, Kantuel, Pukki, Tzolis.

Lester - Shmeyxel, Pereyra, Amarti, Soyunju, Kastyan, Ndidi, Tilemans, Olbrayton, Meddison, Barns, Vardi.

Raqamlar

«Norvich» APLdagi oxirgi 6 uchrashuvda ham birinchi bo‘limda ham to‘liq o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan.

«Norvich» Premyer-Ligadagi oxirgi 6 uy o‘yinida gol kirita olmagan.

«Norvich» APLdagi so‘nggi 3 bellashuvda kamida uchtadan gol o‘tkazib yuborgan.

Jamoalar APLda o‘zaro 6 bor to‘qnash kelishgan. Shulardan uchtasida «Lester» g‘alaba qozongan, ikki bor «Norvich» ustun kelgan hamda bir bahsda durang natija qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Norvich» va «Lester» jamoalari o‘rtasidagi bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:44, 28.08.2021.
O'qildi: 2004 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик