Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Jahon darajasidagi o‘zbek murabbiyi nega yo‘q? Diyor Imomxo‘jayev mulohaza yuritdi

Jahon darajasidagi o‘zbek murabbiyi nega yo‘q? Diyor Imomxo‘jayev mulohaza yuritdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston jahon darajasidagi futbolchilarni yetkazib bermoqda. Jahon darajasidagi hakamlar bo‘lgan. Xo‘sh, nega jahon darajasidagi murabbiylarimiz yo‘q?

Superliga darajasida murabbiy bo‘lib ishlash uchun albatta Pro lisenziyasini qo‘lga kiritish kerak. Murabbiy mana shu bosqichgacha bo‘lgan mashaqqatli yo‘lni nafaqat bir necha yil ichida bosib o‘tadi, balki buning uchun 100 million so‘mdan ko‘proq pul sarflashi kerak bo‘ladi.

Afsuski, buncha pul hammada ham yo‘q. Ko‘plab klublar bu borada yosh va iqtidorli murabbiylarni qo‘llab-quvvatlashni istamaydi, ya’ni, ularni o‘qitish uchun pul sarf qilishdan qochadi. Savol: buncha pul asosan kimlarda bor? Albatta sobiq futbolchilarda, ya’ni, butsasini mixga ilishga yaqin turgan futbolchilarimizda.

Butsasini mixga ilayotgan futbolchilarimizni hurmat qilganim holda aytishim kerakki, ularning aksari faoliyati davomida asosan futbol bilan band bo‘ladi va bu davr ichida tuzukroq bilim olishga intilmaydi, dunyoqarashini kengaytirish ustida deyarli ishlamaydi. Shu sabab ham futbolni yaqinda yakunlab, murabbiy bo‘lib faoliyat olib borayotganlarning juda katta qismi bizda antifutbol o‘ynaydi. Ya’ni, natija uchun sifatli futbolni bir chetga suradi, uning ilmi shunday boshqasini ko‘tara olmaydi. Buni statistika ham aniq ko‘rsatib berishi mumkin. Ular orasida bepul taqdim etilayotgan texnologiyalardan foydalanishni istamaydiganlari ham bor.

Eng yomon tomoni shundaki, bizning murabbiylar o‘qitilayotgan Pro lisenziyasini UYEFA kabi tashkilotlar tan olmaydi. Milliy terma jamoamiz uchun nima sababdan xorijiy mutaxassis yaxshiroq ekanini iloji boricha osonroq tushuntirishga harakat qildim. Biz bilgan o‘sha Gvardiola, Zidan, Manchini, Lippi, Tuxel yoki shular qatoridagi boshqalar ham o‘z vaqtida futbolchi bo‘lgan. Ammo ular butkul boshqa jamiyat, boshqa qadriyatlar bilan ulg‘aygan va umuman boshqa talablar bilan tahsil olgan. Ya’ni, bugungi darajasiga shunchaki erishmagan. Yoki Mourinyo singari futbolga boshqa tarafdan kirib kelgan kishilarda shu sohada qadamlar tashlash uchun imkoniyatlar boshqacharoq bo‘lgan. Biz buni chuqur tahlil qilishimiz va o‘rganishimiz kerak.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 22:50, 28.08.2021.
O'qildi: 4289 marta.
Fikrlar: 36 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.