Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Yozning eng kutilmagan transferi: Messi mashmashasi Ronalduning ham tinchini buzdi

Yozning eng kutilmagan transferi: Messi mashmashasi Ronalduning ham tinchini buzdi

Baho:
+ | -

Ronaldu transferlar oynasining so‘nggi kunlarida hammaning diqqat e’tibori Messida bo‘lishini xohlamadi.

Krishtianu Manchesterga qaytdi, “Siti”ga emas, “Yunayted”ga

Ajablanarlisi va hatto ba’zi shov-shuvlarga sabab bo‘lgan bir jihat borki, so‘nggi bir necha kun ichida Krishtianu Ronalduning “Siti”ga o‘tishini keng muhokama qildik. Ko‘pchilik muxlislar uni “sotqin”, deyishni ham boshlab yuborgan edi (albatta, “Yunayted” muxlislari). Portugaliyalik futbolchi “Yuventus”dagi sheriklari bilan xayrlashgan paytda ham uning “Siti”ga ketayotganiga hech kimda shubha yo‘q edi.

Barchasi tabiiy jarayondek ketayotgandi. Aguero jamoadan ketgan va Keyn tomonidan rad javobi berilgan Gvardiolaga hujumchi kerak edi. “Yuventus”dan hafsalasi pir bo‘lgan Krishtianu ambisiyalarga ega va Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lishni ko‘zlagan loyihani tanlashi kutildi. “Citi” uchun esa uning maoshini to‘lash muammo emasdi. Manchesterning ko‘k tomoniga o‘tish unga qandaydir noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin edi.

Ko‘rinib turibdiki, Krishtianuning agenti so‘nggi soniyalarda Vudvord bilan kelishuvga erishgan. Bu esa butun dunyo futbol muxlislari hayratiga sabab bo‘ldi. Mendeshga qarsaklar.

Shartnomaning moliyaviy tomoni

“Yuventus” buni tan olishni istamadi, lekin Ronalduni ushlab turish uchun yiliga 60 million yevro (maosh + soliqlar) Italiya klubi uchun og‘irlik qilayotgandi. Barcha narsani jamoa manfaati uchun ishlashga majbur qiladigan Allegrining murabbiylik o‘rindig‘iga qaytishi bilan, tarkibda bunday katta maosh bilan ajralib turadigan futbolchining borligi nizoli vaziyatlarni keltirib chiqarardi. Italiyada hatto Allegrining rejalariga tushmay qolgan Krishtianu zaxirada o‘tirishi mumkin, degan fikrlar ham paydo bo‘la boshladi. Bu esa “Yuventus” uchun haqiqiy falokat bo‘lardi.

Shunday qilib, turinliklar Ronalduni “Manchester Yunayted”dan 15 million yevro oladigan bo‘ldi. Yana 8 mln bonus sifatida taqdim etilishi ko‘zda tutilgan. Krishtianu shu vaziyatda ham rekord qayd etdi. 35+ yoshdagi futbolchilar ichida tarixdagi eng qimmat o‘yinchiga aylandi. Odatda bu yoshdagi futbolchilar erkin agent maqomida o‘z klublarini o‘zgartiradilar. KriRoning “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi ikki yilga mo‘ljallangan bo‘lib, yillik maoshi 25 million funt (29 million yevro),  deyarli “Yuventus”dagi kabi.

Messining PSJga o‘tishi Ronalduning ketishiga ta’sir qildimi?

Balki shunday bo‘lgandir, lekin bundan ham muhimroq sabablar bor edi: “Yuventus”ning transfer bozoridagi passivligi va Allegri bilan munosabatlar. Ronaldu may oyida Turinni tark etishga urinib ko‘rdi, keyin bir muddat qarori o‘zgardi. Lekin u o‘z atrofida Chempionlar ligasida raqobat qiladigan jamoani ko‘rmadi va “qochish” tugmasini bosdi. Ronaldu yana o‘zini klubdan ustun ekanligini ko‘rsatdi. O‘zi xohlagan vaqtda va xohlagan joyiga ketdi. Xuddi shunday sharoitda u “Manchester Yunayted”ni, keyin esa “Real” va “Yuventus”ni tark etdi.

Balki o‘zining karyerasida keskin burilish yasab, millionlab “like”larni to‘plagan raqobatdoshi Lionel Messi uni “Yuventus”dan “qochish”ga undagan bo‘lishi ham mumkin. Argentinalik futbolchi PSJga o‘tganidan keyin butun futbol ommasi unga e’tiborni qaratdi, u barcha OAVlarda bosh mavzuga aylandi. Ronaldu esa buni bir chetda kuzatib o‘tirishi mumkin emasdi. Krishtianu “Citi”ga o‘tganida bunchalik shov-shuvga sabab bo‘lmasligini tushungan holda “Old Trafford”ga qaytishni afzal bildi.

Ko‘rinib turibdiki, “Manchester Siti” bu hikoyada Ronaldu ikkita variantdan to‘g‘risini qanday tanlaganini ko‘rsatish PR uchun kerak edi. Ammo bu shartnoma imzolanishida Ronalduning futboldagi otasi Ser Aleks Fergyusonning ham o‘rni borligini unatmaslik kerak.

Ronaldu va Premyer-liga
 
Hech kimga sir emaski, A Seriyada ko‘proq yoshi katta futbolchilar harakat qilishadi. Ronaldu va Lukaku Italiyada o‘ynaganlarida hech bir intervyusida A Seriyada himoyachilarga qarshi o‘ynash APLdagiga qaraganda qiyinroq ekanligini aytishmagan.

Angliyada futbol shiddatliroq, lekin hujumkor o‘yinchilar har doim bunday muhitda ko‘proq vaziyatlarga ega bo‘ladi, ayniqsa Ronaldu kabi vaziyatlarni kutib turuvchi futbolchilar.

“Old Trafford”ga qaytish futbolchining oldiga yangi marralar qo‘yishga turtki beradi. U o‘zining yoshligini eslaydi. Ronaldu “Yunayted”ga qaytib yaxshi qaror qabul qildi, hech kimga xiyonat qilmadi va 36 yoshida dunyoning eng kuchli va eng qiyin ligasida o‘ynashga o‘zida kuch topdi. Va bu hurmatga loyiqdir. Keling, u o‘zi o‘ylaganchalik yaxshi sport formasidami yoki yo‘qmi oldinda turgan mavsumga qarab baho beramiz. Albatta, Krishtianu hech bir muxlisini xafa qilmaslikka harakat qiladi.

Ruslan Maksimov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:00, 29.08.2021.
O'qildi: 11570 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.