Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

La liga. «Barselona» o‘z uyida «Xetafe»ni kichik hisobda mag‘lub etdi (videosharh)

La liga. «Barselona» o‘z uyida «Xetafe»ni kichik hisobda mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 3-turi doirasida «Barselona» o‘z uyida «Xetafe»ni qabul qilib, qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Kataloniyaliklar bahsning 2-daqiqasida uyushtirilgan ilk hujumdayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Alba chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Breytueyt ataylab o‘tkazib yubordi. Uning ortidagi Serji Roberto esa yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.

Mehmonlar esa bahsning 18-daqiqasida chiroyli kombinasiya tashkil qilib, hisobni tenglashtirishdi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan, uchrashuvning 30-daqiqasida Memfiy Depay raqib jarima maydoniga kirdi va ikki himoyachi orasidan to‘pni o‘tkazib, darvozabonning yaqin burchagini zabt etdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida "Xetafe" bir nechta xavfli vaziyat yaratdi. Dastlabki zarbani ter Shtegen qaytargan bo‘lsa, keyingi zarbalarga aniqlik yetishmadi.

Bahs so‘ngida "Barsa" o‘yin taqdirini ertaroq hal qilib qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Arauxo gol urgan vaziyat ofsayd tufayli bekor qilingan bo‘lsa, Depay qulay vaziyatdan darvozani ishg‘ol qila olmadi.

Shunga qaramay, "Barselona" g‘alabani saqlab qoldi va o‘z ochkolarini 7taga yetkazib oldi.

Ispaniya chempionati, 3-tur
Barselona – Xetafe 2:1 (2:1)
Gollar: 1:0 – 2 Serji Roberto, 1:1 – 18 Sandro Ramires, 2:1 – 30 Depay.
Barselona – ter Stegen, Emerson (Dest, 63), Langle, Arauxo, Alba, Mingesa, Serji Roberto (Gavi, 74), Buskets, de Yong, Grizmann, Breytueyt (Niko Gonsales, 74), Depay.
Xetafe – Soriya, Iglesias (Suares, 46), Mitrovich, Jene, Olivera, Alenya (Timor, 61), Yankto, Akurugu, Maksimovich, Arambarri, Sandro Ramires (Mata, 61), Unal (Masias, 76).
Ogohlantirishlar: Alenya (21), Arauxo (27), Depay (62), Langle (86).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:12, 29.08.2021.
O'qildi: 4109 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.