Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Ro‘ziqul Berdiyev: «O‘yin borasida futbolchilarga e’tirozim yo‘q»

Ro‘ziqul Berdiyev: «O‘yin borasida futbolchilarga e’tirozim yo‘q»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 16-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Navbahor” (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ham o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— O‘ylashimcha, bugun yomon harakat qilmadik, lekin omadimiz kelmadi. Chunki ba’zi bir vaziyatlarda “Navbahor” darvozaboni O‘tkir Yusupov juda yaxshi o‘ynadi. Va qarshi hujumda gol o‘tkazib yubordik. Futbolchilarimizga ham aytdim, o‘yin borasida ularga e’tirozimiz yo‘q, biroq natija yomon bo‘ldi. “Navbahor” jamoasi ko‘p vaziyat yaratmadi, faqat o‘sha birgina holatda uzoqdan tepilgan to‘p darvoza to‘riga borib tushdi, — dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

— Legionerlar uchrashuv boshidan maydonga tushirilganda, o‘yin boshqacha bo‘lmasmidi?

— Ularni ikkinchi bo‘limda o‘yinni kuchaytirish maqsadida zaxirada qoldirgandik. Har ikki legionerimiz bugun maydonga tushib, jamoaga yordam berishga imkon qadar harakat qildi. Lekin pozision xatolar sabab gol o‘tkazib yubordik. Shuning uchun aytishim mumkin, bugungi uchrashuv tuzgan rejamizga ko‘ra to‘g‘ri davom etayotgandi, faqat omadimiz kelmadi.

— Qizil kartochka ko‘rsatilgan vaziyatda to‘pga darvozabon Umidjon Ergashev chiqishi kerakmasmidi? U futbolchining chetlatilishiga sababchi bo‘lib qolmadimi?

— Yo‘q, avval o‘sha vaziyatni yana bir bor ko‘rib chiqishimiz kerak. O‘ylashimcha, o‘sha holatda Oybek to‘pga birinchi bo‘lib yetib borayotgandek edi, balki vaziyat qizil kartochkaga tortmasdi. Umuman, o‘sha epizodni yana bir bor ko‘rib chiqqanimizdan so‘ng aniq fikr bildirishimiz mumkin.

— Eshitishimizcha, rahbariyat bilan yana kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. Bu ham jamoa kayfiyatiga ta’sir qilyaptimi?

— To‘g‘risini aytishim kerak, vaziyat juda biz kutgandek emas. Ancha muammolarimiz yechilmayapti, buni to‘g‘ri qabul qilish kerak. Shuning uchun bugungi mag‘lubiyatni o‘z bo‘ynimga olib, ular bilan uchrashib, o‘z fikrimni bildirmoqchiman, taqdirim haqida gaplashmoqchiman. Bu borada yaqin kunlarda balki eshitarsizlar. Chunki natija qilish uchun faqat futbolchi va murabbiylar javobgar bo‘lmasligi kerak, jamoa birlashishi lozim. Aks holda, bu o‘yinimizda pasayishni yuzaga keltirishi aniq edi. Balki shunga kelayotgandir. Shuning uchun ular bilan ochiqchasiga gaplashmoqchiman.

— Demak, bu narsa ham futbolchilar ruhiy holatiga ta’sir qilgan ekan-da?

— Albatta, ta’sir qiladi. Futbolchilarga shunchaki motivasiya berish har doim ham samara keltiravermaydi. Bu jiddiy masala. Jamoani oldinda uchta frontda o‘yinlar kutib turibdi. Agar bu narsalar bee’tibor qolaversa, bundan battar bo‘lishi ham mumkin.

— Muammo borligini aytyapsizu, u nimadan iborat ekanligini aytmayapsiz. Muammo mablag‘ masalasidami?

— Tashkilotchilik masalasida. Oylik maosh, mukofot pullari... Rag‘batlantirish, motivasiya berish kerak. Bu aytganlarim bugungi o‘yindagi mag‘lubiyat uchun bahona emas. Bugun yutqazganimiz fojia emas. Biz hali o‘zimiz qatnashayotgan barcha turnirlarda yuqori o‘rinlar uchun kurashishimiz mumkin. Lekin tashkilotchilik masalasida e’tiborsizlik davom etaversa, bu o‘yinimizga salbiy ta’sir qilishi turgan gap. Shuning uchun bu borada gaplashib olamiz, o‘zim uchun yakuniy qarorga kelishim ham mumkin.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:50, 29.08.2021.
O'qildi: 3857 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.