Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Para dzyudo bo‘yicha umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladik

Para dzyudo bo‘yicha umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladik

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Paralimpiada
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, kecha Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida para dzyudo dasturi o‘z nihoyasiga yetdi.

E’tiborlisi, para dzyudochilarimiz 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallashdi.

Shu o‘rinda aytish lozimki, para dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga jami 12 nafar sportchi bilan yo‘l olgan edi. Shulardan 7 nafari erkaklar, 5 nafari ayollar. Afsuski, Tokio shahriga yetib borgach, 3 nafar para dzyudochimiz – Lobar Xurramova, Sevinch Salayeva hamda Vasila Aliboyevada koronavirus infenksiyasi aniqlandi va shu sababli ular musobaqada ishtirok eta olishmadi.

Yana bir sportchimiz Shuhrat Boboyev esa bronza medali uchun bellashuvni davom ettirayotgan edi, biroq kutilmagan jarohat tufayli u ham kurashdan chiqdi. O‘ta og‘ir vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Shirin Sharipov esa hakamlar tomonidan raqibiga nisbatan qoidaga zid usulni qo‘llagani uchun diskvalifikasiya qilindi. Vaholangki, unda ham medal olish imkoniyati yuqori edi.

Shunga qaramasdan, tatamida haqiqiy iroda namoyish eta olgan O‘zbekiston para dzyudochilari umumjamoa hisobida Buyuk Britaniya, Eron va Braziliya kabi terma jamoalarni ortda qoldirishga erishdi.


Erkaklar

-66 kg Uchqun Quronboyev – oltin 
-73 kg Feruz Sayidov – oltin 
-81 kg Dovurxon Karomatov – kumush 
-100 kg Sharif Halilov – bronza 

Ayollar

-57 kg Parvina Samandarova – kumush 
-63 kg Nafisa Sheripboyeva - bronza 

Kiritildi: 10:10, 30.08.2021.
O'qildi: 1990 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик