Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Tokio-2020. Para dzyudo bo‘yicha umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladik

Tokio-2020. Para dzyudo bo‘yicha umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladik

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, kecha Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida para dzyudo dasturi o‘z nihoyasiga yetdi.

E’tiborlisi, para dzyudochilarimiz 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallashdi.

Shu o‘rinda aytish lozimki, para dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga jami 12 nafar sportchi bilan yo‘l olgan edi. Shulardan 7 nafari erkaklar, 5 nafari ayollar. Afsuski, Tokio shahriga yetib borgach, 3 nafar para dzyudochimiz – Lobar Xurramova, Sevinch Salayeva hamda Vasila Aliboyevada koronavirus infenksiyasi aniqlandi va shu sababli ular musobaqada ishtirok eta olishmadi. Yana bir sportchimiz Shuhrat Boboyev esa bronza medali uchun bellashuvni davom ettirayotgan edi, biroq kutilmagan jarohat tufayli u ham kurashdan chiqdi. O‘ta og‘ir vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Shirin Sharipov esa hakamlar tomonidan raqibiga nisbatan qoidaga zid usulni qo‘llagani uchun diskvalifikasiya qilindi. Vaholanki, unda ham medal olish imkoniyati yuqori edi.  

Shunga qaramasdan, tatamida haqiqiy iroda namoyish eta olgan O‘zbekiston para dzyudochilari umumjamoa hisobida Buyuk Britaniya, Eron va Braziliya kabi terma jamoalarni ortda qoldirishga erishdi.

Erkaklar

-66 kg Uchqun Quronboyev – oltin
-73 kg Feruz Sayidov – oltin
-81 kg Dovurxon Karomatov – kumush
-100 kg Sharif Halilov – bronza

Ayollar

-57 kg Parvina Samandarova – kumush
-63 kg Nafisa Sheripboyeva - bronza

Manba: paralympic.uz
Kiritildi: 13:53, 30.08.2021.
O'qildi: 3578 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.