Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn 4-0 An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Eldor Shomurodovning «Roma»ga transferi qidiruvda bo‘lgan polshalik qizaloqning topilishiga yordam berdi

Eldor Shomurodovning «Roma»ga transferi qidiruvda bo‘lgan polshalik qizaloqning topilishiga yordam berdi

Baho:
+ | -

Eldor Shomurodov nafaqat maydonda, balki uning tashqarisida ham «Roma» uchun foydali transfer bo‘ldi.

O‘zbekistonlik futbolchining transferi e’lon qilinishi polshalik yo‘qolgan qizchaning topilishiga sabab bo‘ldi. Gap shundaki, «Roma» 2019 yildan buyon yangi xaridni e’lon qilganda futbolchilar tanishtiriladigan videoga qidiruvda bo‘lgan bolalarning suratini joylashtiradi. Agar rasmdagi bolalar kimgadir tanish bo‘lsa, videoda joylashtirilgan tegishli tashkilotlar raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Bu g‘oya ish berib kelmoqda. «Roma» Buyuk Britaniya, Italiya, Gresiya, Belgiya, Keniya va endi Polshada yo‘qolib qolgan 12 nafar bolaning topilishiga yordam berdi.

Eldor bundan xursand: «Yo‘qolgan qizchaning topilib, oilasining tashvishi kamayganidan xursandman. Futbolning mashhurligidan mana shu tarzda foydalanadigan klubning a’zosi ekanligimdan faxrlanaman».

"Bu loyihani butun «Roma» jamoasi qo‘llab-quvvatlaydi. Klub 12 nafar bolakayning topishiliga o‘z hissasini qo‘shganidan faxrlanadi. Albatta, asosiy ishni biz hamkorlik qiladigan tashkilotlar bajaradi. Ular har safar bizga yana bir bolakay topilgani haqida xabar berganda, boshimiz osmonga yetadi", — deydi «Roma»ning marketing bo‘yicha direktori Maks van den Dul.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:00, 31.08.2021.
O'qildi: 10114 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик