Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Ravshan Ermatov O‘zbekiston ayollar terma jamoasi murabbiylar shtabi bilan uchrashdi

Ravshan Ermatov O‘zbekiston ayollar terma jamoasi murabbiylar shtabi bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston 17-25 sentyabr kunlari ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralash bahslariga mezbonlik qiladi. Mamlakatimiz ayollar milliy terma jamoasi ham ushbu musobaqada ishtirok etadi.

Vakillarimiz saralash bosqichi uchrashuvlariga tayyorgarlik rejasiga asosan Turkiya, Belarus va yurtimiz maydonlarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etib, Afrika chempioni hisoblangan Nigeriya, Ekvator Gvineyasi, shuningdek, Belarus, Eron, Hindiston kabi terma jamoalarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazdi.

Kecha O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi bilan uchrashib, muhim turnirga tayyorgarlik jarayoni va tashkiliy masalalarni muhokama qildi.

Yig‘ilish avvalida saralash bosqichiga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari natijalari tahlil etildi hamda keyingi o‘yinlar rejalari ko‘rib chiqildi. Zarur tibbiy vositalar bilan ta’minlash, vitaminizasiya, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, futbolchilarning jismoniy va funksional holatini monitoring qilib borishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, mazkur turnirga mas’ul Tashkiliy qo‘mita mutaxassislari bilan musobaqa tashkilotchiligiga doir bir qator masalalar, xususan, futbol maydonlarini turnirga hozirlash, o‘yinlar oldidan amalga oshiriladigan tashkiliy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish va mavjud kamchiliklar ustida ishlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 10:57, 01.09.2021.
O'qildi: 2061 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик