Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Nigoh: Intriga markazida – APL

Nigoh: Intriga markazida – APL

Baho:
+ | -

Mana, dunyoning eng zo‘r ligasi karvoni ham yo‘lga chiqdi. Barcha jamoalar eng yaxshi o‘yinlarini namoyish etishlari va eng yuqori natijaga erishishlari shart. Transferlar, murabbiylikdagi o‘zgarishlar, kutilmagan potensial, rahbarlar, yangilar... Bularning barchasi muhokama qilinishi kerak. Shunday qilib, diqqatingizni bir joyga jamlang, chunki Sizni Premyer-liga yangi mavsumining 10ta intrigasi kutmoqda.

10. «Yangilar» nima karomat ko‘rsatishadi?

Joriy mavsumdan «Brentford», «Uotford» va «Norvich» Angliyaning eng kuchli 20 klubi qatorini to‘ldirishdi. «Uotford» va «Norvich» bir yildayoq qaytgan bo‘lishsa, «Brentford» 70} yildan keyin elitaga qaytdi.

«Brentford»ni daniyalik kuchli mutaxassis - Tomas Frank boshqaradi. Uning kelishi bilan klubda Skandinaviya mamlakatlaridan ko‘plab futbolchilar paydo bo‘ldi. «Asalarilar» Chempionshipning eng ajoyib jamoasiga aylanishdi, bunga jamoa hujumchisi Ayven Toni yordam berdi, u gol } pas tizimida 33 } 10 natijani qayd etdi. «Brentford»ning o‘yini asosan qanotlardan tashkil etiladi va yakuniy pasni Ayvenga berishdan iborat. Qiziq, ushbu o‘ziga xos klub elitadagi o‘rnini saqlay oladimi?

«Norvich» bilan «Uotford» haqida ham unutmang. O‘tgan yili muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so‘ng, jamoalar asosiy tarkibni saqlab qolishdi va APLga tezda qaytishdi. Xo‘sh, elitada kim uzoqroq tura olarkin?

9. O‘rtamiyonalar orasida eng yaxshi darvozabon kim bo‘ladi?

O‘tgan mavsum bizga past yoki o‘rta darajadagi klublarda o‘ynaydigan ko‘plab top-darvozabonlarni kashf etib berdi. «Vest Bromvich»da Jonston, «Sheffild»da «aqldan ozgan» Ramsdeyl, «Brayton»da Sanches, «Vulverxempton»da Patrisiu, «Nyukasl»da Dubravka, «Kristal Pelas»da Guaita bor edi. Ammo bulardan tashqari, ikki nafar fantastik darvozabonlar ham bor ediki, ularni e’tirof etmaslikning iloji yo‘q. Bular - Emiliano Martines va Alfons Areola.

Birinchisi butun faoliyatini «Arsenal»da o‘tkazdi va bu orada «Roterxem»dan tortib, «Xetafe»gacha ijarama-ijara yurdi. Ammo argentinalik kiper uchun eng achinarlisi shundaki, u hech qachon hech qayerda asosiy darvozabonga aylanmagan. Martines allaqachon 27 yoshni urib qo‘ygandi va butun umrini zaxirada o‘tkazishini ham tan olgandi, lekin kichik bir mo‘’jiza sodir bo‘ldi: Bernd Leno jarohat oladi va Emiliano darvozadan joy oladi. Argentinalik posbon bir nechta o‘yinlarni yuqori saviyada o‘tkazdi, shundan so‘ng «Aston Villa»ga ko‘chib o‘tdi. U klubning asosiy va ligadagi eng yaxshi darvozabonlaridan biriga aylandi. Uning seyvlari va ishonchli o‘yini hayratlanarli edi. Aytgancha, Martines Argentinaning g‘alabasi bilan yakunlangan Amerika kubogiga bordi va Kolumbiya bilan bahsda penaltilar seriyasida karomat ko‘rsatib, kubokni olishga katta yordam berdi. Nima ham derdik, undan yangi spektakl-larni kutamiz.

Alfons Areola - imkoniyat berilishini sabrsizlik bilan kutgan «PSJ» tarbiyalanuvchisi. Orada «Bastiya» va «Vilyar-real»ga ijaraga ham berildi. Mavsum-2017|2018dan boshlab Areola nihoyat asosiy darvozabonga aylandi. Bu albatta, Keylor Navas kelguncha davom etdi. Areola «PSJ»da ham, «Real»da ham zaxirada o‘tirdi. O‘tgan mavsum Alfons yana o‘sha - aql bovar qilmas darajasiga ko‘tarildi. «Fulxem»da u jamoaning eng yaxshi o‘yinchisiga aylandi. Chunki uning ajabtovur harakatlari tufayli «tomorqachilar» Premyer-ligada qolish uchun oxirigacha kurashishdi. Areolani endi «Vest Xem» ijaraga oldi. Chunki unga darvozabon kerak edi, axir Fabianski endi yosh bola emasdi. Xullas, endi fransuz kiperidan ajoyib harakatlarini kutib qolamiz.

8. «Brayton» o‘yinchilarining gollari soni kutilganidek bo‘ladimi?

«Brayton» Angliya Premyer-ligasi o‘tgan mavsumining eng omadsiz jamoasi bo‘ldi. Grem Potter taqdim etgan o‘yin dadil va hujumkor. «Chaykalar»ga kimga qarshi o‘ynashning ahamiyati yo‘q edi, xoh u «Manchester Yunayted» bo‘lsin, xoh «Sheffild». «Brayton» tez hujum qiladi, kuchli bosim o‘tkazadi va butun o‘yinni himoyada o‘tkazmaydi. Hammasi yaxshi bo‘lardi, lekin Uelbek, Mapay, Trossard va Konnoli barcha vaziyatlarni golga aylantira oladigan darajadagi hujumchilar sirasidan emasligi aniq. Shunday bo‘lib chiqdi ham: «chaykalar» g‘alaba qozonishi aniq tuyulgan ba’zi o‘yinlarda mag‘lub bo‘lishdi.

«Brayton» kutilgan gollar evaziga mavsumni yevrokuboklar hududida yakunlashi kerak edi, ammo, lekin, biroq... 16-pog‘ona bilan cheklanishdi. Ishonamizki, Potter o‘z o‘yinchilarini uyg‘ota oladi va ertak yaratishga qodir bo‘ladi, ya’ni «Brayton»ni yevrokuboklar zonasiga tortib chiqaradi. O‘yin bo‘lsa, shunchalik bo‘larda!

7. Rafa Benites «Everton»da

«Everton»ni top-klubga aylantirish harakatlari davom etmoqda. Moyes davridan keyin klubda Roberto Martines, Ronald Kuman, Marko Silva, Sem Elardayslar ishlashdi. 2019 yilda esa jamoaga Karlo Anchelotti boshchilik qildi. Italiyalik mutaxassis ortidan Xames Rodrigesni sudrab kelib, darhol yangi jamoa tuza boshladi. O‘tgan mavsumni jamoa maksimal ochkoni qo‘lga kiritgan holda ajoyib boshlagandi. Ammo keyin nimadir noto‘g‘ri ketdi. Klub atigi 10-o‘rin bilan kifoyalandi.

Anchelotti Liverpulda o‘tirishdan charchadi va «Real»ning taklifini qabul qildi. «Everton» xo‘jayinlari yangi murabbiy borasida yaxshilab o‘yladilar va 2000-yillarda «irislar»ning asosiy dushmani - «Liverpul»ni muvaffaqiyatli boshqargan Rafael Benites nomzodida to‘xtashga qaror qildilar. Ispaniyalik mutaxassis yetarli vaqt davomida «qulab tushgan uchuvchi» bo‘lgan. Har holda, Xitoy, «Vest Xem» va «Napoli»dagi muvaffaqiyatsizliklaridan keyin shunday ibora ishlatsak xato bo‘lmas. Liverpul klubi rahbariyatining boshqa variantlari ham aniq edi, lekin ular tajriba yo‘lidan borishga qaror qilishdi va bu sifatga kafolat bermaydi. Muxlislar tanlovdan norozi bo‘lishdi va darhol ispaniyalik murabbiyni xor qila boshlashdi. Bularning bari Benitesning muvaffaqiyatsizligiga olib kelishi turgan gap. Siz qanday fikrdasiz?

6. «Manchester Siti»chempionlikni saqlab qoladimi?

Yangi mavsumning yana bir qiziqarli intrigasi. Pep Gvardiola yana bir bor «trebl» sari intilmoqda, chunki u o‘tgan mavsumda bu vazifani uddalay olmadi - Kubok va Chempionlar Ligasi finallari boy berildi. Ammo baribir, ispaniyalikning yana bir bor Yevropaning raqobati eng kuchli ligasida g‘olib chiqishi juda yoqimli bo‘lardi.

Quyidagi futbolchilar klubni tark etishdi: Erik Garsiya va Aguero (ikkalasi ham tekinga), Anxelinyo 18, Nmecha 8, Xarrison 12 millionga. Shu tarzda ish haqi jadvalini tushirib, 38 millionni «toza» qilib olishdi.

Ammo yosh braziliyalik vinger Kauku va albatta, Jek Grilish klubga rekord darajadagi 115 million yevroga kelgan. Grilish - de Bryuyne - Sterling - bu hujum juda kuchli ko‘rinadi. Hali Aguero o‘rniga kuchli va tajribali hujumchi olib kelinsa, keyin ko‘ravering. Chunki Gyundogandan «yashirin to‘qqizlik» rolida foydalanish, ya’ni soxta futbol jonga tegdi, Gabi Jezus esa asosiy hujumchi roliga tortmay qo‘ydi. Ha, hujum markaziga buyuk Garri Keyn so‘ralmoqda. Sterling - Bernardo - Mahrez uchligidan birini sotib, inglizlarning kuchli hujumchisiga ketadigan katta mablag‘ning ma’lum qismini to‘ldirish mumkin. Agar qolgan barcha o‘yinchilarni ushlab qolishning imkoni bo‘lsa, «Siti» APL chempionligiga asosiy da’vogar bo‘lib qolaveradi.

5. Garri Keyn o‘z darajasini saqlab qoladimi?

Hozir Keyn ingliz pasportiga ega bo‘lgan eng yaxshi o‘yinchiligiga shak-shubha yo‘q. O‘n yillikning boshida yosh Garriga imkoniyat bergan «Tottenxem» keskin ko‘tarilish va shu zahoti keskin pasayishga yo‘liqdi. Klub bir yil oldin Chempionlar Ligasi finalida edi, o‘tgan mavsum esa Yevropa Ligasida «Dinamo Zagreb» to‘sig‘idan o‘tolmadi.

Bu yillar davomida Keyn jonajon klubini tinimsiz «sudrab» keldi. Uning asosiy kamchiligi - tezlik, buni esa kuchli zarbalari, gol sezish va maydonni ko‘rish qobiliyati bilan qopladi. Bir necha yillar davomida ingliz forvardi bu ko‘nikmalarni shu qadar rivojlantirdiki, u dunyoning eng yaxshi markaziy hujumchilaridan biriga aylandi.

O‘tgan mavsum Garri o‘zini ko‘rsatdi - APLning eng yaxshi to‘purari va «assist»iga aylandi, Angliya terma jamoasini finalgacha olib bordi. Barchaga endi Keynning «Tottenxem» darajasidan oshib ketgani ayon bo‘ldi. Deniel Levi hujumchini sotishga rozi bo‘ldi, lekin astronomik summa - 180 million yevroga. Hujumchiga yagona da’vogar yuqorida nomi keltirilgan «Siti» edi. Keyn haqiqatan ham «shaharliklar» safida bo‘lishni xohlamoqda, Levi esa iloji boricha ko‘proq pul ishlab olish niyatida. Kelishuv davom etmoqda, lekin hozircha Keynda ikkita variant bor: «Tottenxem»da qolib, tur-g‘unlikni davom ettirish yoki «Manchester Siti»ga borib, shaxsiy mukofotlarga ega bo‘lish.

Eng afsuslanarlisi shundaki, Garriga deyarli hech narsa bog‘liq emas.

4. «Tottenxem»ning oxirgi qulashini ko‘ramizmi?

Hozir London klubi nihoyat mu-vaffaqiyatsiz jamoaga aylanish arafasida. Hammasi Garri Keyn atrofida aylanmoqda. Agar u qolsa, unda motivasiya bo‘lmaydi va uning narxi ikki baravar kamayadi, bu klub uchun har jihatdan halokatli. Agar u ketsa, o‘ziga yaxshi bo‘ladi, «Tottenxem»ga ham. Lekin aslida ham shundaymi? Keling, ikkinchi variantni ko‘rib chiqaylik.

Keyn raqobatchilardan biri - «Manchester Siti»ga bordi, deylik. Uning transferi uchun 150 million olindi - bu bir nechta yaxshi transferlarni amalga oshirish uchun yaxshigina raqam. Lekin hammamiz Levining Beyl uchun to‘langan pulni qanday boshqarganini yaxshi eslaymiz. Yangi kelgan 7 kishidan faqat Kristian Eriksen o‘ynab ketdi.

«Tottenxem»ning asosiy muammosi - klub saviyasidir. Tayyor va yuqori hujumchilarning hech biri agar jiddiyroq boshqa variantlar bo‘lsa, «shporlar» safiga o‘tishni istashmaydi. Ya’ni, Lukaku yoki Levandovski haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Faqat shartli Gabi Jezus kabilarga umid qilish qoladi. Ammo braziliyalik forvardga bo‘lgan hurmatni saqlagan holda aytish kerakki, u hatto Keyn darajasiga ham yaqin emas.

Klubga yangi murabbiy - «bo‘rilar»ni yaxshi boshqargan Nunu Santu keldi. Ushbu mutaxassis 3 nafar markaziy himoyachi va o‘z qanotlarini «yondirish»ga tayyor laterallar asosiga quriladigan futbolni xush ko‘radi.

Foyz, Rouz, Xart, Vinisius, Lamela, Beyl va Alderveyreld jamoani tark etishdi. Transferlardan Erik Lamelaning «Sevilya»dan iqtidorli qanot himoyachisi Brayan Xilga almashtirilganini alohida ta’kidlash joiz. «Atalanta»dan darvozabon Gollini va «A» seriyaning o‘tgan mavsumida eng yaxshi himoyachi bo‘lgan Kristian Romero ham keldi. Kvarasxeliya-Adam juftligidan birining sotib olinishini ham hisobga olish kerak.

Xo‘sh, ayting-chi, London klubini yangi mavsumda nima kutmoqda?

3. «Aston Villa» top-7ga kiradimi?

Hozircha Angliyaning joriy transfer oynasi asosiy favoriti - «Aston Villa». O‘tgan mavsum ham klub yomon ko‘rinmagandi. Hatto yevrokuboklarda qatnashish uchun jiddiy kurashdi. O‘tgan yozda jamoa tarkibiga bir nechta ajo-yib futbolchilar qo‘shilishdi va ular keyinchalik maftunkor o‘yin ko‘rsatishdi ham.

Joriy transfer oynasida birmingemliklar shovqin ko‘tarmoqchi bo‘ldilar, chunki ular sardor Jek Grilishni 110} million yevroga sotishdi. Bu o‘z navbatida jamoani ommaviy ravishda mustahkamlash uchun ayni muddao bo‘ldi. So‘nggi mavsumlarda «Sautgemp-ton» to‘purari bo‘lgan Denni Ingz, «MYU»ning yosh va iqtidorli himoyachisi - Aksel Tuanzebe keldi. Tajribali Eshli Yang klubga qaytdi, u jamoaga yanada tajriba qo‘shadi. Ikki nafar yorqin vingerlar ham kelishdi: «Norvich»dan Buendiya va «Bayer»dan Beyli. Bunday klub uchun bundan ortig‘i bo‘lmasa kerak.

Endi taxminiy tarkib shunday ko‘rinish oldi: Martines (darvozabon), Yang, Mings, Konsa, Kesh, Duglas Luiz, Makginn, Beyli, Buendiya, Uotkins, Ingz. Bunday kompozisiya APL muxlislari uchun, albatta, kuch va qudratni va’da qila oladi. O‘ylashimizcha, birmingemliklar hatto kuchli oltilikka kira olishadi. Garchi startdagi ikki uchrashuvdan bittasida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsalar ham.

2. Tuxel boshqaruvidagi «Chelsi» nimalarga qodir?

Tomas Tuxel - yuksak darajadagi murabbiy. London klubiga o‘tishdan oldin nemis mutaxassisi «Borussiya Dortmund» va «PSJ»dagi konstruktiv ishlari bilan dovruq qozongandi. Uning asosiy muammosi qiziqqon xarakteri edi - Tuxel ikkala klub rahbariyati bilan ham janjallashdi.

Shunday qilib, Tomas o‘tgan mavsum o‘rtalarida keldi. «Chelsi» maksimal darajada hujumga o‘tdi. Turnir jadvalidagi 8-o‘rin Lempardning chetlatilishiga olib keldi. Keyin nima bo‘lganini hammamiz yaxshi bilamiz, albatta.

London klubida faqat bitta muammo bor edi - hujumchi. Jiru va Abraxamlar ketishdi, Verner esa hamon yuqori darajani ko‘rsatolmayapti. Bu muammoni Angliya poytaxtiga qaytgan Romelu Lukaku hal qilishi kutilmoqda. Dastavval belgiyalik superforvard Tuxelning sxemasiga to‘g‘ri kelmas ekan deyishayotgandi, Lukaku esa «Arsenal» bilan o‘yinda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga ham ulgurdi...

Tomas jamoani mavsumga tayyorladi va hatto Vernerning ham saviya ko‘rsata boshlashi va hujum uchligidan joy olishiga ishonch bor.

1. «MYU» - «Siti»ning chempionlik yo‘lidagi asosiy raqobatchisimi?

Xo‘sh, endi shubhasiz bu mavsumning asosiy intrigasi haqida. Ole-Gunnar Sulsher «qizil iblislar» boshqaruvida hali o‘zining dastlabki sovrinini qo‘lga kirita olmagan, lekin u yangi mavsumda bunga imkon qadar yaqin deyish mumkin. Hammasi shundoq ham kuchli tarkibga ega «MYU»ning markaziy himoyachi (Rafael Varan keldi) va o‘ng qanot yarim himoyachi (iqtidorli va yetuk Jeydon Sancho keldi) pozisiyasi mustahkamlandi.

«Manchester Yunayted» eng kuchli tarkibga ega, chunki rotasiyaga imkon beradigan, maydonga chiqib uchrashuv natijasini hal qila oladigan bir talay futbolchilari bor: aqlli Bruno Fernandesh, ruhiyat baxsh etadigan Pogba, mehnatkash Maktominay kabi. Bunday jamoaning maydon markazi nihoyatda kuchli. Har bir chiziqda maksimal o‘yinchilar to‘plami mavjud. Klubning bu mavsumda hech narsa yutmasligining yagona sababi - murabbiy muvaffaqiyatsizligi.

Agar «Manchester Yunayted» bunday tarkib bilan chempionlikni qo‘lga kirita olmasa, norvegiyalik mutaxassis, afsuski, ishdan bo‘shatilishi kerak bo‘ladi. Ishonch darajasi shundoq ham ancha past.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:00, 02.09.2021.
O'qildi: 5482 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.