Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Di Mariya o‘zi bilan o‘ynagan eng yaxshi besh futbolchi nomini aytdi

Di Mariya o‘zi bilan o‘ynagan eng yaxshi besh futbolchi nomini aytdi

Baho:
+ | -1

"PSJ" yarimhimoyachisi Anxel Di Mariya o‘zi bilan o‘ynagan eng yaxshi beshta futbolchini e’lon qildi.

Birinchi o‘rinda argentinalik terma jamoadagi va "PSJ" klubidagi jamoadoshi Lionel Messini, ikkinchisida jamoadoshi Marko Verrattini, uchinchi o‘rinda - Parij jamoasida birga o‘ynagan Zlatan Ibragimovichni qo‘ydi.

To‘rtinchi o‘rinni Luka Modrich, beshinchi o‘rinni - Toni Kroos egalladi. Di Mariya ikkalasi bilan ham "Real"da o‘ynagan.

 E’tiborlisi, Neymar va Krishtianu Ronaldu bu ro‘yxatga kiritilmagan. Argentinalik nima uchun "Real" sobiq futbolchisi reytingga kiritilmaganini tushuntirdi.

"Men uni ro‘yxatga qo‘shishim mumkin, lekin u har doim maydonda o‘zi bo‘lishini xohlaydi va menga Leo, Verratti va Modrich kabi kamtarin futbolchilar yoqadi", dedi Di Mariya.

Kiritildi: 20:17, 02.09.2021.
O'qildi: 8254 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик