Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

Tokio-2020 qahramonlari “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonlari bilan taqdirlanishdi

Tokio-2020 qahramonlari “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonlari bilan taqdirlanishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari qahramonlari yurtimizga qaytib kelishgach hurmatli Prezidentimiz tomonidan yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan edi.

Ular Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonlari bilan taqdirlanishdi. Tadbir MOQda bo‘lib o‘tdi. Unda Rustam Shoabdurahmonov boshchiligidagi Qo‘mita rahbariyati, sportchilarimiz va ularning murabbiylari, Bahodir Maxsitov boshchiligidagi sport faxriylari ham ishtirok etishdi.

Tadbirni MOQ rahbari ochib berdi va atletlarimizning Olimpiya o‘yinlarida qayd etgan g‘alabalarini yana bir bor yodga olib, barchani Mustaqillik bayrami bilan qutlab o‘tdi. Shundan so‘ng Qo‘mita rahbariyati, sportchi va murabbiylarga esdalik nishonlarini berildi. Unga ko‘ra,

MOQ raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston dzyudo federasiyasi raisi Azizjon Kamilov;

Boks bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov va uning murabbiyi To‘lqin Qilichev;

Og‘ir atletika bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni va rekordchisi Akbar Jo‘rayev va uning murabbiyi Farhod Umrzoqov;

Taekvondo WT bo‘yicha Tokio-2020 chempioni Ulug‘bek Rashitov va uning murabbiyi Pavel Xan;

Erkin kurash bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi Bekzod Abdurahmonov va uning murabbiyi Muzaffar Abdurahmonov;

Dzyudo bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi Davlat Bobonov va uning murabbiyi Nurali Qobulovga “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonlari topshirildi.

Tadbir yakunida Bahodir Maxsitov ham so‘z olib, sport hukumatimiz tomonidan doimo e’tibor markazida bo‘lib kelayotgani, sportchi va murabbiylarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida gapirib, taqdirlanganlarni faxriylar kengashi nomidan qutlab o‘tdi.

Manba: @OlympicUz
Kiritildi: 11:20, 03.09.2021.
O'qildi: 2246 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.