Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasining qarorlari belgilandi

O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasining qarorlari belgilandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator futbolchi hamda rasmiylarga nisbatan tartib-intizom choralari belgilandi.

Jumladan, Superliga 16-turi doirasidagi «Paxtakor» – AGMK uchrashuvida AGMK futbolchisi Abbosjon Otaxonov bahsning 82-daqiqasida to‘p uchun kurash bo‘lmagan vaziyatda tirsagi bilan raqib o‘yinchisining yuziga zarba berib, o‘yin qoidasini qo‘pol ravishda buzgani uchun 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi va unga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliga 16-turi doirasidagi «Metallurg» – «Mash’al» uchrashuvi yakunidan so‘ng «Metallurg» jamoasi rasmiy vakili Shavkat Saidov o‘zini noprofessional tutgan holda, agressivlik bilan «Mash’al» bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakovning ko‘krak qismiga musht bilan zarba berdi. Mazkur xunuk holat keng jamoatchilikning jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

Ushbu xatti-harakati uchun Shavkat Saidovga 1 (bir) yil muddatga har qanday futbol faoliyati bilan shug‘ullanishdan chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi. Shuningdek, klubdan ushbu rasmiy shaxsga 2021 yilgi mavsum uchun O‘zPFL tomonidan taqdim qilingan lisenziyani 3 kun muddat ichida topshirish talab etiladi.
Mazkur qaror e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Shuningdek, Superliga 16-turi doirasidagi «Metallurg» – «Mash’al» uchrashuvi yakunidan so‘ng «Metallurg» futbol klubi a’zolari stadionda ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarib, hakamlar sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatishdi. «Metallurg» futbol klubi uchrashuvda tartib-intizomni ta’minlamagani, maydon va uning atrofida vujudga kelgan tartibsizliklarning oldi olinmagani uchun jazolanadi va klubga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llaniladi.

U-18 chempionati 13-turi doirasidagi «Aral Samali U-18» – «Navbahor U-18» uchrashuvi 45+2-daqiqasida «Aral Samali U-18» jamoasi futbolchisi Baxit Perdebayev va «Navbahor U-18» jamoasi o‘yinchisi Sarvar Bahodirov nojo‘ya so‘zlar ishlatish orqali bir-birini haqorat qildi va keyinroq tajovuzkor xatti-harakatlar amalga oshirildi. Shu sababli Sarvar Bahodirov hamda Baxit Perdebayevga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, «Aral Samali U-18» – «Navbahor U-18» uchrashuvining 71-daqiqasida «Aral Samali U-18» futbolchisi Zulpuxar Quvanshibayev raqib o‘yinchisiga qasddan jaroxat yetkazish maqsadida raqib oyog‘iga zarba bergani uchun 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 14:14, 03.09.2021.
O'qildi: 1972 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик