"Manchester Yunayted" hujumchisi Edinson Kavani "Everton"ga o‘tishdan bosh tortdi, deb xabar beradi Todo Fichajes nashri.
Manbaga ko‘ra, urugvaylik futbolchi Manchesterda qolishga qaror qilgan. Qayd etilishicha, "Everton" Kavanini fikridan qaytishiga umid qilmoqda.
Avvalroq Ispaniya va Italiyaning top-klubidan, xususan "Barsa" va "Yuventus"dan Kavaniga qiziqish borligi haqida ma’lumot bor edi. Biroq, bu xarid transferlar mavsumi yakunlanishi sabab amalga oshmay qoldi.