Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/07 20:00 Navbahor 2-3 OKMK
17/07 20:00 Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor 1-1 Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

JCH-2022 saralash. Fransiya safarda Ukrainani yengolmadi, Niderlandiya va Turkiya yirik hisobda g‘alaba qozondi

JCH-2022 saralash. Fransiya safarda Ukrainani yengolmadi, Niderlandiya va Turkiya yirik hisobda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Yevropa mintaqasida 4 sentyabr, shanba kuni JCH—2022 saralash bosqichining navbatdagi tur o‘yinlari o‘tkazildi.

Fransiya Ukraina maydoniga safar qildi va 1:1 hisobida durangga imzo chekdi. Mezbonlarning golini Nikolay Shaparenko o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, fransuzlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga Antoni Marsyal mualliflik qildi.

Niderlandiya terma jamoasi o‘z maydonida Chernogoriyani qabul qilib, javobsiz 4 ta to‘p kiritdi. Memfis Depay dubl qayd etgan bo‘lsa, Jorjinyo Veynaldum va Kodi Gakpo o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Turkiya safarda Gibraltar bilan bahs yuritib, 3:0 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. Turklarning gollariga Xalil Dervisho‘g‘lu, Xoqon Chalxano‘g‘lu va Kenan Karaman mualliflik qildi.

Rossiya Kipr maydoniga safar qilib, 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.

JCH—2022 saralashi, 5-tur bahslari
4 sentyabr, shanba
Ukraina – Fransiya 1:1
Gollar: 1:0 – 44 Shaparenko, 1:1 – 50 Marsyal.
Ukraina – Pyatov, Mikolenko, Matviyenko, Krivsov, Timchik, Yarmolenko (Zubkov, 90), Shaparenko (Sidorchuk, 90), Sigankov (Malinovskiy, 82), Stepanenko, Zabarniy, Yaremchuk (Sikan, 82).
Fransiya – Lyoris, Zuma, Dyubua, Kimpembe, Din, Rabyo, Tchuameni (Veretu, 83), Pogba, Koman (Diabi, 64), Grizmann, Marsyal (Benzema, 64).
Ogohlantirishlar: Yarmolenko (88), Kimpembe (88), Malinovskiy (89).

Gibraltar – Turkiya 0:3
Gollar: 0:1 – 54 Dervisho‘g‘lu, 0:2 – 65 Chalxano‘g‘lu, 0:3 – 83 Karaman.
Gibraltar – Kuling, Uayzmen, Mueli, Chipolina, Valarino, Ronan, Sarjent, De Barr (Staych, 73), Torilla, Britto (Pons, 34), Ernandes (Kumbz, 69).
Turkiya – Chaqir, Chelik (Chalxano‘g‘lu, 46), Ayxan, Myuldyur, Suyunju (Yilmaz, 81), Yaziji, Karaja, Kekchyu, Antalyali (Karaman, 46), Oqturko‘g‘lu (Demiral, 66), Unal (Dervisho‘g‘lu, 46).
Ogohlantirishlar: Britto (2), Kekchyu (17), De Barr (37).

Niderlandiya – Chernogoriya 4:0
Gollar: 1:0 – 38, penalti Depay, 2:0 – 62 Depay, 3:0 – 70 Veynaldum, 4:0 – 76 Gakpo.
Niderlandiya – Beylo, de Vrey, de Ligt, Malasia, Dumfris, de Yong (Til, 84), Veynaldum (de Ron, 73), Bergeys, Klassen, Gakpo (Bergveyn, 77), Depay.
Chernogoriya – Sharkich, Marushich (Xakshabanovich, 63), Radunovich, Veshovich (Vukchevich, 52), Lagator, Bojovich (Raichkovich, 63), Osmayich, Savich (Simich, 46), Shchekich (Vuynovich, 77), Tomashevich, Mugosha.
Ogohlantirishlar: Savich (20), Lagator (36), Osmayich (67), Vukchevich (78), Bergveyn (84).

Slovakiya – Xorvatiya 0:1
Gol: 0:1 – 86 Brozovich.

Shotlandiya – Moldova 1:0
Gol: 1:0 – 14 Dayks.

Isroil – Avstriya 5:2
Gollar: 1:0 – 5 Solomon, 2:0 – 20 Dabbur, 3:0 – 33 Zaxavi, 3:1 – 42 Baumgartner, 3:2 – 55 Arnautovich, 4:2 – 58 Veysman, 5:2 – 90 Zaxavi.

Farer orollari – Daniya 0:1
Gol: 0:1 – 85 Vind.

Kipr – Rossiya 0:2
Gollar: 0:1 – 6 Yeroxin, 0:2 – 55 Jemaletdinov.

Sloveniya – Malta 1:0
Gol: 1:0 – 44, penalti Lovrich.

Finlyandiya – Qozog‘iston 1:0
Gol: 1:0 – 60 Poxyanpalo.

Latviya – Norvegiya 0:2
Gollar: 0:1 – 20, penalti Holand, 0:2 – 66 Elyunussi.

Serbiya – Lyuksemburg 4:1
Gollar: 1:0 – 22 Mitrovich, 2:0 – 35 Mitrovich, 2:1 – 77 Till, 3:1 – 81, avtogol Shano, 4:1 – 90+6 Milenkovich.

Irlandiya – Ozarbayjon 1:1
Gollar: 0:1 – 45 Mahmudov, 1:1 – 87 Daffi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:28, 05.09.2021.
O'qildi: 9235 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик