Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

O‘zbekiston Superligasining avgust oyining eng yaxshilari uchun nomzodlar ma’lum

O‘zbekiston Superligasining avgust oyining eng yaxshilari uchun nomzodlar ma’lum

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Coca-Cola Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golini aniqlab kelmoqda. Ortda qolgan avgust oyida Superligada 3 ta tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvlar davomida ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishga erishdi.

Avgust oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar



Ulug‘bek Baqoyev (“So‘g‘diyona”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat

Shuhrat Maqsudov (“Bunyodkor”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang

Piter Xyuistra (“Paxtakor”) – 3 o‘yin, 3 g‘alaba

Bahrom Haydarov (“Surxon”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat

Viktor Jalilov (“Navbahor”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat

Avgust oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar



Ibrohim Gbadamosi Tomiva (“Bunyodkor”) – 3 o‘yin, 2 gol, 2 assist

Mate Vatsadze (“Qizilqum”) – 3 o‘yin, 2 gol

Husniddin Aliqulov (“Nasaf”) – 3 o‘yin, 1 gol, 40 yakkakurashda ustunlik, 15 bor to‘pga ega chiqish

Farruh Ikromov (“Bunyodkor”) – 3 o‘yin, 3 gol, 1 assist

Temurxo‘ja Abduholiqov (“Lokomotiv”) – 3 o‘yin, 2 gol

Mirjahon Mirahmadov (“Bunyodkor”) – 3 o‘yin, 2 gol, 1 assist

O‘tkir Yusupov (“Navbahor”) – 3 o‘yin, 2 quruq o‘yin, 6 seyv

Avgust oyining eng chiroyli goliga nomzodlar

Vladislav Vasilev (“Andijon” – “Qizilqum” uchrashuvida kiritgan goli)

Giorgi Kuxianidze (“Qizilqum” – “Qo‘qon-1912”)

Samuel Ononivu Chigozi (“Metallurg” – “Mash’al”)

Diyor Rahimqulov (“Andijon” – “Bunyodkor”)

Bilolxon Toshmirzayev (“Lokomotiv” – “Turon”)

Kosta Guttiner (“Nasaf” – “Navbahor”).

Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida Coca-Cola Superliga klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ishtirok etishadi. Coca-Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o‘rinda
ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi.

O‘zPFL tomonidan futbol muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi esa murabbiy va sardorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga qo‘shiladi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi.

Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi. Mazkur havola orqali avgust oyining eng yaxshilarini aniqlash jarayonida ishtirok etish imkoniyatiga egasiz.

Manba: ЎзПФЛ
Kiritildi: 14:57, 05.09.2021.
O'qildi: 2557 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик