Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Voleybol bo‘yicha erkaklar terma jamoamiz Osiyo chempionatiga jo‘nab ketdi

Voleybol bo‘yicha erkaklar terma jamoamiz Osiyo chempionatiga jo‘nab ketdi

Baho:
+ | -

Bugun ertalab voleybol bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi a’zolari Yaponiyaning Chiba shahrida o‘tkaziladigan Osiyo chempionatida qatnashish uchun jo‘nab ketishdi. Vakillarimiz kunchiqar yurtga Turkiya orqali yetib borishadi.

Terma jamoamiz tarkibidan 11 nafar sportchi, 2 nafar murabbiy hamda shifokor o‘rin olgan. Mamlakatimiz sport delegasiyasiga O‘zbekiston voleybol federasiyasi bosh kotibi Xusan Nasrullayev rahbarlik qilmoqda.

Osiyo chempionatida 16ta jamoa 4 guruhga bo‘lingan holda bahslarga kirishadi. Vakillarimiz esa «S» guruhida Avstraliya, Xitoy hamda Quvayt terma jamoalari bilan kuch sinashadi. O‘z guruhlarida 1-2-o‘rinlarni egallagan terma jamoalar pley-off bosqichida medallar uchun kurashni davom ettirishsa, 3-4-o‘rinlarni band etgan yurt vakillari 9-16-o‘rin egalarini aniqlab olish uchun bahs yuritishadi.

Shuni ta’kidlash kerak, O‘zbekiston voleybol terma jamoasi so‘nggi marotaba bundan 12 yil muqaddam qit’a chempionatida ishtirok etgan. Keyinchalik turli sabablarga ko‘ra na erkaklar, na ayollar terma jamoalarimiz Osiyo chempionatiga borishmagan. Buning natijasida Osiyo voleybol konfederasiyasi O‘zbekiston voleybol federasiyasini qit’a miqyosidagi har qanday musobaqada ishtirok etishini taqiqlab qo‘ygan hamda moliyaviy jarimaga ham tortgandi. Federasiyaning yangi rahbariyati tomonidan olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida mana shu muammolar bartaraf etildi va endi bemalol yurtimiz voleybolchilari qit’a miqyosidagi musobaqalarda, agarda omadi chopsa jahon miqyosidagi musobaqalarda ham ishtirok etishi mumkin.

Voleybol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Osiyo chempionati 12-19 sentyabr kunlari o‘tkaziladi. Bo‘lajak musobaqada vakillarimizga omad tilaymiz.

Turizm va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 22:18, 07.09.2021.
O'qildi: 2554 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик